|
Toshkent moliya institutida ta’lim olayotgan va ta’lim olish istagida bo’lgan yoshlarga Institut rektorining murojaati
Aziz do’stlar!
O’zbekistonda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsad-mazmuni, bu ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlatni qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun bugungi kunda, eng avvalo, bilimli, yuqori malakali, o’z mutaxassisligini chuqur o’zlashtirgan, nafaqat O’zbekistonning ichki mehnat bozorida raqobatbardosh, balki har qanday kuchli chet ellik mutaxassislardan qolishmaydigan, shuningdek, jismonan baquvvat, ma’naviyati va irodasi mustahkam, milliy qadriyatlarni chuqur hurmat qiladigan, har-qanday ma’nan yod bo’lgan tashqi xurujlarga nisbatan o’zida kuchli «immunitetni» shakllantirgan, kamida bitta xorijiy tilda bemalol so’zlasha oladigan barkamol talaba-yoshlarni, mutaxassislarni etishtirish bugungi kunda har-bir oliy ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.
qo'shimcha >>> |