G‘ofurova Dildora Fatixovna Kredit-iqtisod fakulteti 3 kurs talabasi. 1990 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Maktabda ta’lim olishi davomida IZO “Vernisaj” tasviriy san’at studiyasi a’zosi bo‘lgan hamda Toshkent shahri ofettserlar uyi tomonidan tashkil etilgan yosh rassomlar o‘rtasidagi tanlovda 2 o‘rinni egallagan. Shuningdek Respublika Binkov nomli rassomchilik kolleji tomonidan tashkil etilgan “Yosh talantlar” nomli ko‘rgazma ishtirokchisi bo‘lgan. Bugungi kunda “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari o‘z aksini topgan 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamizning jurnal, gazeta va konferentsiya to‘plamlarida chop etilgan. Ingliz, rus tillarini mukammal o‘zlashtirgan.

Xaydarov Baxtiyor Xalimovich Moliya injiniringi 4 kurs talabasi. 1989 yilda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. Bugungi kunda “O‘zbekistonda bank menejmenti va marketingi sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari doirasida 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamizning jurnal, gazeta va konferentsiya to‘plamlarida chop etilgan. Shuningdek 2003 yilda shaxmat bo‘yicha milliy va halqaro musobaqalarda faol ishtirok etgan va “Sport ustaligiga nomzod” bo‘lib guvohnoma bilan taqdirlangan. Fanlarni chuqur o‘zlashtirish bilan bir qatorda respublika va institut miqyosida o‘tkaziladigan turli ilmiy amaliy anjumanlarning faol ishtirokchisi. 2008 yilda “Iqtidorli talabalarning bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar tanlovi”da birinchi o‘rinni egallagan. Ingliz va rus tillarini mukammal egallagan.
Axmedov Farid Sayfullaevich Hisob iqtisod fakulteti 4 kurs talabasi. 1986 yil 6 may Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Bugungi kunda “Buxgalteriya hisobi halqaro standartlarini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari doirasida 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamizning jurnal, gazeta va konferentsiya to‘plamlarida chop etilgan.
Respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan institutimizning “Basketbol” va “Voleybol” terma jamoalarining faol ishtirokchisi. Ingliz va rus tillarini mukammal egallagan. Fanlarni chuqur o‘zlashtirish bilan bir qatorda respublika va institut miqyosida o‘tkaziladigan turli ilmiy amaliy anjumanlarning faol ishtirokchisi.
Qurbonov Shodlik 1988-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Millati o‘zbek.
U 2006 yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 2-son iqtidorli bolalar litsey-internatini imtiyozli yakunlab, Davlat test sinovlaridan muovaffaqiyatli o‘tib, institutimizning Hisob-iqtisod fakul’tetiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.
Hozirda Hisob-iqtisod fakultetida a’lo baholarga o‘qimoqda. U o‘zining bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi, iste’dodi, namunali xulqi va xushmuomilaligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. Qurbonov Shodlik Marksovich institutning jamoat ishlarida muntazam qatnashib kelmoqda. Hozirgi kungacha iqtisodiy mazmundagi 16 ta ilmiy maqolalar va tezislari chop etilgan. Yana bir nechtasi nashrga topshirilgan. Bulardan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, iqtidorli talabalar, magistrantlar va aspirantlar nigohida “I FORUM” ida, “Inqirozning tarixiy rivojlanishi va uning bugungi kundagi oqibatlari hamda uni bartaraf etishning yo‘llari” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi. |