Bakalavrlar o’rtasida “Biznes va boshqaruv” yo’nalishi bo’yicha 2010-2011 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori
Ergashev Bexzod Baxodurovich
Hisob-iqtisod fakulteti XBA-70 guruhi talabasi. 2001 yilda «Mustaqilligimizning 10 yilligi» yubileyida Buxoro viloyat hokimi stipendiyasi bilan taqdirlangan. 2003-2004 yillarda “Bioekosan” tashkiloti tomonidan o’tkazilib kelinadigan iqtidorli yoshlar anjumanida “Agrobiznes” yo’nalishi bo’yicha 2 marta g’oliblikni qo’lga kiritgan. “Yoshlar markazi ” va “Kamolot” tashkiloti tomonidan o’tkazilgan “Karl Popper” debat turnirlarida jamoalar bahsida 1-o’rinni qo’lga kiritib, ”Best-speaker” (Eng yaxshi notiq ) unvoniga ega bo’lgan.
2004 yilida Buxoro viloyati hokimligining “Bolalar jamg’armasi”ning viloyatning eng alochi, faol o’quvchisi uchun tasis etilgan stipendiyasini, 2007 yilda BuxDU rektorining stipendiyasini, 2007 yilda “Matematika” bo’yicha olimpiadada 3-o’rinni, 2008 yilda “Iqtisodiyotda matematika” nomli respublika anjumanida 1-o’rinni egallashga muvaffaq bo’lgan.
2010 yilda “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bo’yicha respublika talabalar fan olimpiadasida ikkinchi o’rinni egallab, O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining dimlomi bilan taqdirlandi.
“CIPAEN” dasturi doirasida, xalqaro IFAC asosida uyushtiriladigan “CAP” sertifikatlangan xalqaro buxgalter-amaliyotchi sertifikati sovrindori.
Bugungi kunda ilmiy izlanishlari aks ettirilgan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarim respublika va halqaro ilmiy amaliy konferentsiya materiallarida, shuningdek jurnal va gazetalarda chop etilgan. Shuningdek “Qo’shma korxonalarning buxgalteriya hisobini isloh etish masalalari” nomli risolasi chop etilgan.
Ilmiy rahbari iqtisodiyot fanlar doktori, proffesor A.A. Karimov rahbarligi ostida “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida qo’shma korxonalarning buxgalteriya hisobini isloh etish masalalari” mavzusida ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.
Ingliz, nemis, rus tillarini mukammal biladi.

|