Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Ma'lumotlar > Abiturient - 2010
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Abiturient - 2010
 2010/2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida
 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish
 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida nizom
 Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1. ta’lim yo’nalishi, o’qitish tili va shakli ko’rsatilgan holdagi instityt rektori nomiga ariza;
  2. o’rta yoki o’rta maxsus kasb hunar ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  3. 086/U-shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  4. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
  5. pasportining nusxasi;

Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa sovrindorlariga o’qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi; muddatli harbiy xizmatni o’tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo’lgan abiturient tegishli tavsiyanomani oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda, qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Abiturient qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o’qigan bo’lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi.

Arizada test o’tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma’lumotga ega yoki ega emasligi ko’rsatiladi.

Abiturientga hujjatlari qabul qilinganligi to’g’risida tilxat beriladi.

(“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, 14-modda).

Test sinovi boshlanishidan 3 kun oldin abiturient qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o’rganib, test topshiradigan binoning qaerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.

Abiturientlar guruh tartib raqami ko’rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan 3 kun oldin ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi. Test sinovlari, “Qabul to’g’risidagi nizom”ga asosan, o’zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog’iston Respublikasida) va rus tillarida, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o’tkaziladi (*-bilan ko’rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).

Nizom: O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida test o’tkazish tartibi to’grisida NIZOM.

Test o’tkaziladigan kuni abiturientlarni bino ichkarisiga kiritish ertalab soat 7.30 da boshlanadi. Abiturient binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko’rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abiturientlar o’z guruhlari raqamiga muvofiq raqamlangan auditoriyaga kiradilar. Test sinovlariga mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalarni olib kirish ta’qiqlanadi. Test sinovlari boshlangandan so’ng (8.30 dan keyin) abiturient auditoriyaga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kelmagan abiturientlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi. Abiturient test sinovlarini ta’lim muassasasida o’qiydigan tilda va ta’lim olgan yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

Abiturientlarga test sinovlari vaqtida quyidagi talablar qo’yiladi:

  • savollar kitobi va javoblar varaqasini olgandan so’ng, savollar kitobini sinchiklab tekshirib chiqadi. Agar unda fanlar bo’yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko’ra to’la nashr qilinmagan o’rinlar yoki betlar bo’lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varaqasini oladi (soat 9.00 dan kechikmasdan). Shundan so’ng abiturient javoblar varaqasidagi “Abiturientlar diqqatiga” qismini o’qib chiqadi;
  • javoblar varaqasi varianti bilan savollar kitobi varianti mosligini tekshiradi;
  • agar abiturient soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya raxbariga xabar bermasa, uning kechikkan murojaati qabul qilinmaydi. Abiturient test savollariga javob berishdan oldin o’z ruxsatnoma va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasining raqamini va variant raqamini ko’chirib yozadi;
  • javoblar varaqasini to’ldirishda faqat havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanadi;
  • abiturient o’zi haqidagi ma’lumotlarni javoblar varaqasining tegishli qismiga yozadi va mos keluvchi doirachalarni bo’yaydi;
  • maxsus kodini, o’qishni tugatgan maktabi joylashgan viloyat, tuman, shahar, shahar tumani kodlarini, maktab(litsey) nomerini, ta’lim muassasasi va ixtisoslik kodlarini javob varaqasining mos joylariga titul varaqasidan ko’chiradi va doirachalarni mos ravishda bo’yaydi (Agar abiturient o’z ixtisoslik kodini noto’g’ri belgilasa, uning javoblar varaqasi u test topshirgan guruh ixtisosligi bo’yicha o’qiladi);
  • savollar kitobidagi hamma fan bloklarida 36 tadan savol keltirilgan, har bir savolga 5 tadan (A,B,C,D,E) javob berilgan bo’lib, abiturient ulardan faqat bitta to’g’risini topishi va savollar kitobida belgilab, keyinchalik javoblar varaqasiga ko’chirishi shart;
  • javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt ajratiladi;
  • javoblarni tanlash ixtiyoriy. Abiturient o’zi tanlagan javoblarini javoblar varaqasining tegishli blokiga chalkashtirmasdan ko’chiradi. Javoblar varaqasiga ko’chirish uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari yana 20 daqiqa vaqt beriladi;
  • savollar kitobidagi test savollariga to’g’ri deb hisoblagan javoblarni javoblar varaqasining fan bloklaridagi doirachalarga mos ravishda belgilaydi. Chet tili bo’yicha test topshirayotgan abiturientlar o’ziga muvofiq keluvchi tilga tegishli doirachani bo’yaydi;
  • har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanganda, to’g’ri hisoblanib, agar bitta savolga ikki va undan ortiq javob belgilansa, bu javobga ball berilmaydi;
  • to’ldirilgan javoblar varaqasi abiturientning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir;
  • javoblar varaqasining to’g’ri to’ldirilishi uchun abiturient shaxsan javobgardir;
  • javoblar varaqasida tegishli doirachalarni noto’g’ri belgilagan va javoblar varaqasini almashtirib qo’ygan abiturientlar e’tirozi apellyatsiyada ko’rib chiqilmaydi;
  • test paytida abiturientning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abiturientlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi;
  • test davomida abiturientlarning bir birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko’rsatishi, test materiallarini boshqalarga uzatishi, mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanishi, test hujjatlaridan nusxa ko’chirishi va boshqalarga ko’maklashishi taqiqlanadi.

Agar abiturient mazkur tartib -- qoidalarga rioya qilmasa, u test sinovlarini o’tkazish tartibini qo’pol ravishda buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u sinovdan chetlashtiriladi.

Test sinovini belgilangan vaqtdan oldin tugatgan abiturient savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini auditoriya rahbariga topshiradi, abiturientlar ro’yxatidagi o’z familiyasi to’g’risiga javoblar varaqasi raqami va variant raqamining, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo’yadi, ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadi.

Test uchun ajratilgan vaqt tugagach, auditoriya rahbari bu haqda e’lon qiladi. Abiturientlar tartib bilan savollar kitobi, javoblar varaqasi va titul varaqasini auditoriya rahbariga topshirib, abiturientlar ro’yxatidagi o’z familiyalari to’g’risiga javoblar varaqasi raqami va variant raqamini, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo’yadilar, ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadilar.

Abiturient javoblar varaqasining maxsus joyini bo’yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o’z fikrini bildirishi mumkin. Test natijalari bo’yicha apellyatsiyaga abiturientlar arizasi natijalar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida qabul qilinadi.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.