Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Ma'lumotlar > Talabalar turar joylari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Talabalar turar joylari
 «Talabalar turar joyi» to‘g‘risidagi nizomi

Institut talaba-yoshlarining yashash sharoitlari bugungi kun talabalari darajasida tashkil etilgan. Jumladan, institut tasarrufida 3 ta talabalar turar joylari mavjud bo'lib, 1 va 2-sonli talabalar turar joylari o'tgan o'quv yilida to'liq ta'mirdan chiqarilib, zamon talabalari darajasida jihozlangan. Xususan, talabalar turar joylarida talabalarning yashash, o'qish va dam olish sharoitlarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilib, xonalarning barchasi yangi gilam, pardalar, choyshab va mebellar bilan ta'minlangan.

Institut tasarrufidagi 1, 2 va 3-sonli talabalar turar joylarida "Ma'naviyat va ma'rifat" xonalari va kompyuter sinflari tashkil etilgan hamda barcha qavatlar va dam olish xonalarida televizorlar, ommaviy matbuot nashrlari, sport jihozlari mavjud bo'lib, talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Institut tasarrufidagi 1-sonli talabalar turar joyida 4 ta gigiena va 1 ta tarbiyachilar xonasi, 4 ta oshxona, 4 ta yuvinish xonasi, 4 ta xojatxona, 4 ta dush xonalari tashkil etilgan. 2-sonli talabalar turar joyida 4 ta gigiena va 1 ta tarbiyachilar xonasi, 5 ta oshxona, 4 ta yuvinish xonasi, 1 ta kir yuvish xonasi, 4 ta xojatxona, 2 ta dush xonalari tashkil etilgan. 3-sonli talabalar turar joyida 2 ta gigiena va 1 ta tarbiyachilar xonasi, 4 ta oshxona, 4 ta yuvinish xonasi, 4 ta xojatxona, 2 ta dush xonalari tashkil etilgan.

Institut tasarrufidagi barcha talabalar turar joylarida "Kafedra xaftaliklari" doirasida talabalar orasidagi ma'naviy-madaniy muhitning sog'lomligini ta'minlashga qaratilgan taniqli insonlar uchrashuvlar, davra suhbatlari badiiy-musiqiy kechalar tashkillashtiriladi. Shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash va ichki tartib-qoidalarga amal qilinishini ta'minlash uchun institut rektori tomonidan tasdiqlangan professor-o'qituvchilar va rahbar xodimlardan iborat navbatchilik jadvali joriy qilingan. Barcha qavatlarga mas'ullar belgilangan. Navbatchilikni qayd etish kitoblari yuritilgan.

Talabalar turar joylarida "Yosh posbonlar" jamoat guruhi va Talabalar Kengashi a'zolarining faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, talabalarning o'zini-o'zi boshqarish tizimidan samarali foydalanishga erishilmoqda. Talabalar turar joylaridagi ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonda mazkur tizim talaba-yoshlarning ijodkorligini namoyish qilish, talabalarda "O'rnak oling va o'rnak bo'ling" shiori ostida yashash tarzi va faoliyatlarini tashkil qilishda ijobiy rol o'ynamoqda.

Talabalar Kengashining "Kamolot" YoIH bilan hamkorlik dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, mazkur dastur asosida har yili "Eng yaxshi talabalar turar joyi", "Eng yaxshi qavat", "Eng yaxshi xona" ko'rigi, "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovi, turli badiiy-musiqiy kechalar, uchrashuvlar va viktorina tashkil etilib, bu tadbirlarda talabalarning faolligiga erishilmoqda.

Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma'naviy-axloqiy tarbiya tadbirlari asosan talabalarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish, ularning qiziqish va istaklarini ro'yobga chiqarish hamda talabalar turar joylaridagi ma'naviy-madaniy muhitning sog'lomligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, bunda asosan talabalar turar joylarida mashhur insonlar bilan uchrashuvlar, san'atkorlar ishtirokidagi badiiy-musiqiy kechalar, Ichki ishlar vazirligi xodimlari va jamoatchilik tashkilotlari ishtirokidagi davra suhbatlari muntazam ravishda tashkillashtirilib kelinmoqda.

 

 
© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.