.aspx)
.aspx)
Institutda talaba-yoshlarni tarbiyalash, ta’lim berish ishlari bilan birgalikda, maroqli dam olishlarini ta’minlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda institutning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Moliyachi” oromgohi tashkil etilib mana 7 yildirki nafaqat talabalar uchun, balki institut professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlarining dam olishlari uchun ham xizmat qilib kelmoqda.
.aspx)
Shu o‘tgan yillar ichida oromgohda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Har yili yoz mavsumidan oldin dam oluvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida institut rahbariyati, dekanatlar, institut kasaba uyushmasi tamonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. Ular qatoriga ta’mirlash ishlarini, yangi daraxt ko‘chatlari o‘tkazishni va sport anjomlarini yangilash ishlarini kiritish mumkin.
.aspx)
.aspx)
Oromgoh O‘zbekiston tabiatining eng so‘lim go‘shalaridan birida joylashgan bo‘lib, dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oromgoh xududida uch mahal ovqatlanishni to‘liq ta’minlab berish imkoniyatiga ega oshxona, cho‘milish uchun suv xavzasi, madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yozgi kinoteatr, raqs maydoni, sport maydonchalari va stadion mavjud.
Dam oluvchilar joylashishlari uchun bir necha binolar bo‘lib, ularda ikki, uch kishilik xonalarga va oilaviy joylashish uchun imkoniyatlar yaratilgan.
.aspx)
.aspx)