Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Ma'lumotlar > Ilmiy ishlar
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Ilmiy ishlar

Toshkent moliya institutining ilmiy pedagogik jamoasi 2007-2008 o'quv yilida o'z faoliyatini va ilm-fanini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida"gi 2002 yil 20 fevraldagi PF-3029-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunida, shuningdek, "Oliy ta'lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va dasturi"da belgilangan vazifalarga muvofiq olib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ilm-fanni rivojlantirish, fan dargohlari va oliy o'quv yurtlari zimmasiga yosh iqtidorli olimlarni tayyorlash kabi mas'uliyatli vazifa haqida so'z yuritib quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Yurtimizda nodir iste'dodli olimlar ko'payishi lozim. Zamon ehtiyojlarini ularning oldiga vazifa qilib qo'yar ekanmiz, albatta bugungi zamonga munosib shart-sharoitlar ham yaratib berishimiz zarur. Shundagina biz boshqa el-elatlar orasida ajralib turadigan buyuk millatga aylana olamiz".

Toshkent moliya institutida ilm-fanni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va dasturida quyidagi vazifalar kadrlar tayyorlash tizimidagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari deb belgilangan:

  • yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni amalga oshirish;
  • fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida o'quv, uslubiy, me'yoriy-huquqiy hujjatlar, dasturiy, didaktik hamda ko'rgazmali materiallarni, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni rejalashtirish va ishlab chiqish;
  • ta'limning ustuvor yo'nalishlariga asosiy e'tiborni qaratgan holda magistr va aspirantlarni umummilliy, psixologik-pedagogik, ijtimoiy tayyorlash tarkibi va mazmunini takomillashtirish;
  • Respublika "Iste'dod" jamg'armasi homiyligida va mavjud malaka oshirish tizimida har 5 yilda bir marta OTM pedagoglarining 3,6,10 oylik malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
  • fan va texnikani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha respublikada yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimini takomillashtirish;
  • pedagogik kadrlarga bo'lgan kompleksli malakaviy talablarni ishlab chiqish va nazariy asoslash;
  • yangi va amaldagi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish jarayoni monitoringining ilmiy asosini ishlab chiqish;
  • ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayoni axborot ta'minotining ixcham va operativ infratuzilmasini yaratish;
  • xalqaro axborot tarmog'i imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun tegishli texnik baza va infratuzilmalarni shakllantirish jarayonini takomillashtirish;
  • raqobatbardosh ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta'minlashning asosiy omili hisoblangan OTM ilmiy bo'linmalarining moddiy-texnik bazasini yangilash va takomillashtirish;
  • kafedra professor-o'qituvchilariga ilmiy daraja va ilmiy unvonlari uchun haq to'lashni ta'minlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari hamda texnologik ishlanmalar natijalarini kommertsializatsiya qilish orqali olimlar, ilmiy-pedagogik kadrlarni ijtimoiy muhofaza qilish va samarali faoliyatini rag'batlantirishni ta'minlash.

Oliy ta'lim ilm-fani sohasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish:

  • ijtimoiy maqsadlarni iqtisodiy taraqqiyotning resurs imkoniyatlari va yo'nalishlari bilan moslashtirish;
  • mutaxassis-olimlarning ijodiy faolligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • mutaxassis-olim va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomini ko'tarish;
  • intellektual mehnat bozorini shakllantirish.
  • ijodiy va ilmiy faoliyatni moddiy va ma'naviy rag'batlantirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va boshqalar.

Ushbu ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqqan holda 2007-2008 o'quv yilida institutda ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

  1. Har bir fanning muammolarini o'zida aks ettiruvchi monografiya va ilmiy-ommabop risolalarni nashrga tayyorlash va ularni chop etishda amaliy yordam ko'rsatish.
  2. Professor-o'qituvchilarning respublikamizda va chet elda ilmiy maqolalar bilan muntazam qatnashishlariga amaliy yordam ko'rsatish.
  3. Ilmiy-nazariy konferentsiyalarni o'tkazish (kamida 4 marta), ilmiy maqolalar to'plamini nashr etilishini tashkil etish.
  4. Kompyuterlashtirish negizida yangi avlod elektron darsliklarni yaratishni tashkil qilish (bir o'quv yiliga kamida 3-5 ta).
  5. Institut ilmiy kengashi muhokamasiga ixtisoslashgan kafedralardagi ilmiy ishlarning holati haqidagi materialllarni taqdim etish (har chorakda bir marta).
  6. Yutib olingan fan va texnologiyalar markazi grantlarining o'z muddatlarida bajarilishini va nazoratini tashkil qilish (har chorak va yarim yillikda).
  7. Aspirant va doktorantlarning o'z muddatida himoyaga chiqishini ta'minlash (kamida 40-50 %).
  8. Iqtidorli talabalar bilan ishlashda ilmiy to'garaklar ishini yanada takomillashtirish.
  9. Professor-o'qituvchilarning kamida har uch yilda bir marta malaka oshirishini ta'minlash.
  10. 2008 yil - "Yoshlar" yilida yosh ilmiy xodimlarning, aspirant va doktorantlarning, yosh professor-o'qituvchilar va magistrantlarning har tomonlama ijtimoiy himoyasini ta'minlash.
  11. Professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan xo'jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishiga erishish.
  12. Innovatsion dasturlar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni jonlashtirish.
  13. Magistrant va aspirantlarga zarur shart-sharoit va rag'batlantirish tizimini yaratgan holda grant asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish darajasini oshirish.
© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.