2007-2008 o'quv yilida Toshkent moliya institutining ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan 8 ta nomdagi Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy loyihalar ustida ish olib borilmoqda. 2007-2008 o'quv yilida institutda jami 8 ta "Fan va axborot texnologiyalari markazi"ning 28672,0 ming so'mlik yutib olingan qo'yidagi 5 ta fundamental va 3 ta amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilyapti.
- OT-F7-127. "Iqtisodiy oqimlar doiraviy aylanish jarayonining ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdagi roli: nazariy qarashlar va zamonaviy talqinlar". (Loyiha rahbari: T.Jo'raev) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 6864,0 ming so'm.
- OT-F7-128 "Globallashuv sharoitida davlatning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash". (Loyiha rahbari: A.Vaxobov) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 6448,0 ming so'm.
- OT-F7-129. "Raqobat muhitini ta'minlash va jadallashgan amortizatsiya sharoitida mehnatga haq to'lashning nazariy muammolari". (Loyiha rahbari: Yo.Abdullaev) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 6656,0 ming so'm.
- OT-F7-040 "Inflyatsion jarayonlarni statistik baholashning metodologik muammolari, ularni bashoratlash va iqtisodiy o'sishga ta'siri". (Loyiha rahbari: A.Nabixodjaev) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 5824,0 ming so'm.
- A-1-288 "Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishni iqtisodiy muammolari". (Loyiha rahbari: G'.Qudratov) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 4520,0 ming so'm.
- OT-F7-004. "Moliya injeneriyasining fundamental asoslarini tadqiq etish va rivojlantirish". (Loyiha rahbari: Sh.Shoxa'zamiy) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 6656,0 ming so'm.
- A-1-290. "Ippoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish faktori sifatida". (Loyiha rahbari: Sh.Abdullaeva) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 5425,0 ming so'm.
- A-1-335. "Tijorat banklari kapitalini rivojlanishi va uni samarali boshqarish masalalari". (Loyiha rahbari: A.Omonov) 2008 yildagi smeta bo'yicha ko'zda tutilgan xarajat miqdori 4234,0 ming so'm.
Bajarilayotgan har bir loyiha o'z ahamiyati bilan alohida o'ringa ega va tegishli muammolarning echimiga yo'naltirilgan. Ular bo'yicha joriy va yillik monitoring o'rnatilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Fan va axborotlar markaziga tegishli hisobotlar talab darajasida taqdim etib turilmoqda. |