Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Ma'lumotlar > Ilmiy ishlar > Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligining 2002 yildagi 279-sonli "Oliy o'quv yurtlarida iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish choralari haqida"gi buyrug'i, vazirlikning tegishli xatlari va ko'rsatmalari hamda Toshkent Moliya institutining "Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi" to'g'risidagi Nizom talablari asosida olib borilmoqda. Bugungi kunda institutda iqtidorli talabalar soni 950 nafardan ziyod bo'lib, umumiy talabalar sonining 15 foiziga yaqinini tashkil qiladi. Ulardan 650 nafari bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Ular tomonidan joriy o'quv yilida 600 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop ettirildi.

Toshkent moliya institutida iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2007 yil 28 fevraldagi 37-sonli "Vazirlik tizimida ilmiy-texnik kengash tashkil qilish, OTMlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish to'g'risida"gi Buyrug'iga asosan olib borilmoqda. Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tasdiqlangan me'yoriy-uslubiy hujjatlar asosida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da belgilangan vazifalardan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustivor yo'nalishlaridagi dolzarb ilmiy, ilmiy-texnikaviy muammolardan kelib chiqqan holda tashkil etib kelinmoqda. Shunga muvofiq ravishda institutda "Iqtidorli talabalarning Ilmiy jamiyati" tuzilgan va u samarali faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari institut iqtidorli talabalarining "ilmiy g'oyalar yarmarkasi" ham tashkil etilgan. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga so'nggi yillarda iqtidorli talabalarni hamda magistrlarni ham jalb etish kengayib bormoqda. Bu esa mazkur talabalarni kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettrishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda. Natijada institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko'lamini yanada kengaytirish, mavjud ilmiy salohiyatni mamlakat hamda uning tegishli regionlari ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun o'ta dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan salmoqli ilmiy muammolar echimiga safarbar qilish, olinayotgan ilmiy natijalarni ta'lim va ishlab chiqarishga keng joriy qilish choralari amalga oshirilmoqda. Bunga muvofiq ravishda bir qator vazirlik, korxona va tashkilotlardan iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotida qo'llashga qabul qilinganligi to'g'risidagi dalolatnomalar ham olingan.

Institutda iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish ishlari keskin jonlantirildi hamda talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash choralari ta'minlanishiga erishildi.

Institutimiz miqyosida ham talabalarning ilmga bo'lgan chanqoqligini rag'batlantirish maqsadida Respublikamizda faoliyat ko'rsatgan etuk iqtisodchi olimlarimizning xotirasiga atalgan nomdor stipendiyalar ta'sis etilgan bo'lib, bunday stipendiyalar soni beshta bo'lib, har yili kamida 5-9 nafar iqtidorli talabalarimiz ushbu nomdor stipendiyalar sovrindori bo'lib kelmoqda.

Institutda "Iqtidorli talabalar bilan ishlash" bo'limi hamkorligida institut kafedralarida ilmiy to'garaklar tashkil etilgan. Kafedralar tasarrufida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy to'garaklar soni bugungi kunda 28 tani tashkil etmoqda.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.