Respublikamizda amalga oshirilayotgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning ikkinchi sifat bosqichida qo'yilgan talablar yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning to'liq va samarali amalga oshirilishi eng avvalo oliy ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan har bir professor-o'qituvchining ilmiy salohiyatiga, nazariy-amaliy bilimlarni puxta o'zlashtirganlik darajasi hamda pedagogik mahorati kabi omillarga bog'liqdir.
Institutda O'zR VMning 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2006 yil 13 apreldagi 76-sonli "Malaka oshirish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi buyrug'i hamda Vazirlik hay'atining 2004 yil 25 noyabrdagi 5/5 sonli "Oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari malakasini oshirish tizimini isloh qilish to'g'risida"gi qarori va Vazirlikning 2005 yil 31 dekabrdagi 277 sonli "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari malakasini oshirishning 2006 yilgi rejasi to'g'risida"gi buyrug'i kabi hujjatlarda kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda o'stirib borish, o'quv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-metodik darajada olib borish, o'qitishning interaktiv metodlarini qo'llash, kasbiy bilimlar, malaka-ko'nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish ta'kidlangan. Ushbu talablar ijrosini amalda ta'minlash maqsadida Institut rektorining 2006 yil 31 yanvardagi 12-sonli "Institut kafedralarining har bir professor-o'qituvchisining o'tgan o'quv yilidagi faoliyat natijalari va malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojlarini differentsiyalashgan ravishda inobatga olgan holda kafedralarning "2006-2010 yillar uchun malaka oshirish rejasini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'i chiqarildi.
Mazkur buyruq bilan institut kafedralari professor-o'qituvchilari malakasini oshirishning 2006-2010 kalendar yillari uchun rejasi tasdiqlangan. Amaldagi rejaga muvofiq 2007-2008 o'quv yilida malaka oshirish ta'lim muassasalarida 144 soatga mo'ljallangan maxsus o'quv dasturlari asosida professor-o'qituvchilarning malaka oshirishlari ta'minlanmoqda. 2007 yilda malaka oshirishlari lozim bo'lgan 139 nafar professor-o'qituvchi o'rniga 157 nafari o'z malakalarini oshirdilar, ya'ni reja 112,9 foizga bajarilgan.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 yil 13-apreldagi 76-sonli buyrug'ida ta'kidlanishicha Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari 2006 yildan e'tiboran quyidagi yo'nalishlar bo'yicha malaka oshirishlari belgilangan:
- ma'naviyat va ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot;
- pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat;
- axborot texnologiyalari;
- oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassislik fanlari;
Bugungi kunda mazkur yo'nalishlar bo'yicha institut professor-o'qituvchilari TDIU, TDTU, TATU, O'zDJTU, O'zMU, O'zDJTU huzuridagi bir qator malaka oshirish ta'lim muassasalarida o'z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
2007 yilda kasbiy qayta tayyorlash rejalashtirilgan 7 nafar professor-o'qituvchilar, jumladan, 4 nafari ("Chet tillar" kafedrasi o'qituvchilari - M.Aripova, M.Ro'zimetova, M.Usmonova va X.Yuldashevalar) O'zbekiston Davlat jahon tillari Universiteti huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida hamda 3 nafari ("Buxgalteriya hisobi" kafedrasidan I.Xusinov, "Qimmatli qog'ozlar bozori" kafedrasidan F.Irgashev va "Moliya" kafedrasidan A.Xaydarovlar) institutimiz huzuridagi Moliya-bank xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida sentyabr-dekabr oylarida kasbiy qayta tayyorlandi. Mazkur qayta tayyorlash orqali professor-o'qituvchilarni kasbiy qayta tayyorlash rejasi 2007 yilda 100 foizga bajarilishiga erishildi.
2008 yilda esa yanvar-may oylarida 9 nafar professor-o'qituvchilar kasbiy va pedagogik qayta tayyorlashga yuborildi. |