Institutda talaba-yoshlarni sog'lom turmush tarzi talabalari asosida tarbiyalash, ularni jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga keng jalb etish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda institutda zamonaviy "Moliyachi" sport-sog'lomlashtirish majmuasi, bitta ochiq sport maydonchasi va uchta yopiq sport zallari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Mazkur sport inshootlarida institutning uch mingdan ortiq talaba-yoshlari shug'ullanishadi.
Institutda sportning to'qqiz turi bo'yicha to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularda institutning ikki mingga yaqin talaba-yoshlari sportning voleybol, basketbol, futbol, engil atletika, kurash, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo'yicha mashg'ulotlar olib borishadi.
Bundan tashqari institutda tashkil etilgan sport to'garaklariga institut hududi atrofida joylashgan "Minor" mahallasi yoshlari ham jalb etilgan bo'lib, ularning jismonan sog'lom bo'lib kamol topishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Institut talabalari Respublika va shahar miqyosidagi turli sport musobaqalarida faol ishtirok etib. Faxrli o'rinlarni egallab kelishmoqda. Jumladan, "Yoshlik" talabalar shaharchasi Hokimligi Kubogi uchun o'tkazilgan Voleybol musobaqasida institut jamoasi faxrli 1-o'rinni, Belbog'li kurash musobaqasida 90 kg vazn bo'yicha J.Xakimov faxrli 1-o'rinni, o'rta vaznda B.Mirsamadiev va A.Sirojiddinovlar ham 1-o'rinni, M.Nishonov 3-o'rinni, 75 kg vazn bo'yicha B.Muxammadiev faxrli 1-o'rinni egallashgan.
"Yoshlik" talabalar shaharchasi Hokimligi va TDYuI hamkorligidagi kurash musobaqasida 75 kg vaznda O.Yodgorov faxrli 2-o'rinni, A.Baratov esa 3-o'rinni egallashgan. Mazkur turnirning futbol musobaqalarida institut jamoasi 3-o'rinni egallashgan.
Namangan shahrida Kurash va Belbog'li kurash bo'yicha o'tkazilgan "Xayitboy polvon" xotira turnirida I.Xakimov faxrli 1-o'rinni, B.Mirsamadiev va A.Sirojiddinovlar 2-o'rinni, M.Nishonov 3-o'rinni egallashgan.
"Konstitutsiya kuni" munosabati bilan TDAU o'tkazilgan kurash musobaqasida B.Muxammadiev va J.Xakimovlar 2-o'rinni, B.Xakimov, A.Norqobilov va X.Almatovlar 3-o'rinni egallashgan.
Shuningdek, Navoiy shahrida o'tkazilgan "Talaba" RSU birinchiligi musobaqalarida institut Volebol (erkaklar) jamoasi 3-darajali diplom bilan, Qo'qon shahrida o'tkazilgan musobaqlarda ham institut voleybol (erkaklar) jamoasi 3-darajali diplom bilan taqdirlanishgan.
Professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan "Sog'lom avlod uchun" spartakiadasida institutning Suzish, Shaxmat va Voleybol turlari bo'yicha jamoalar 3- o'rinni egallashgan.
Urganch shahrida o'tkazilgan Belbog'li kurash bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda J.Xakimov, B.Muxamedov va A.Sirojiddinovlar faxrli 2-o'rinni, M.Nishonov va E.Saidovlar 3-o'rinni egallashgan.
«Sog‘lom avlod davlat dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» asosida oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalaridagi jismoniy madaniyat darslari yoshlarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda xizmat qilmoqda. Xususan, institutda taxsil olayotgan talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini tobora oshirish, iqtidorli yoshlarni sport turlariga jalb etish va ularning mahoratlarini oshirish yo‘li bilan sog‘lom va etuk mutaxassislar tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda.
2009-2010 o‘quv yilining birinchi yarim yilligiga bag‘ishlangan sport tadbirlari dastlab mamlakatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan musobaqalar bilan boshlab berildi.
Mazkur tadbir sentyabr oyining uchinchi xaftasida amalga oshirildi. Tadbirda voleybol sport turi bo‘yicha institut har bir fakultetlarining 2-4 kurs talabalaridan tashkil etilgan ikki nafar jamoa o‘z fakulteti miqyosida dastlabki uchrashuvni o‘tkazib, g‘olib jamoa institutning boshqa fakultetlari bilan birinchilik musobaqasida bellashish uchun maydonga tushdi. Navbatdagi musobaqalar institut birinchi kurslari o‘rtasida an’anaviy tashkil etilib kelinayotgan birinchilik musobaqalaridan iborat bo‘lib, mazkur bellashuvlar sportning beshta turi bo‘yicha keng ko‘lamda tashkil etildi. Musobaqalar joriy yilning 25 sentyabridan 7 dekabriga qadar bo‘lib o‘tdi. Dekabr oyining ikkinchi xaftasida esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalar ham sportning basketbol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Shuningdek mazkur faoliyatlar zanjiri joriy 2010 yilning «Barkamol avlod yili» deb nomlanishi bilan bog‘liq ravishda davom etib kelmoqda. Joriy yilning dastlabki kunlarida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Shunqorlar” musobaqalari, "Professor-o‘qituvchilar salomatlik spartakiadasi" musobaqasi, "Navro‘z-umumxalq bayramiga" bag‘ishlangan "Institut birinchiligi" musobaqalari ham buning yaqqol dalilidir. |