"Moliyachi" oylik ma'rifiy-iqtisodiy gazetasi Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2007 yil 6 yanvarda, 02-0026 sonli guvohnoma bilan ro'yxatga olingan. "Moliyachi" gazetasining muassisi Toshkent moliya instituti hisoblanadi.
Gazeta tahririyati o'z faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradigan, muassis tomonidan tasdiqlangan tahririyat Nizomi asosida ish yuritadi.
Tahririyat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeski, O'zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi qonuni va boshqa amaldagi qonunlar, qonun osti hujjatlariga, shuningdek, o'z Nizomiga amal qiladi.
"Moliyachi" oylik ma'rifiy-iqtisodiy gazetasi o'zbek va rus tillarida chop etiladi. Tahririyatning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, qonun osti hujjatlari, Toshkent moliya instituti hayotini va tezkor ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarini yoritib borish;
- O'zbekiston Respublikasi, shuningdek, chet ellarda ro'y berayotgan eng muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy voqealarni yoritib borish;
- respublikamizda kechayotgan islohotlarning amalga oshirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi va madaniy hayotini keng yoritib borish;
- institut talabalari va yoshlarini vatanparvarlik, mamlakat mustaqilligiga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuksak axloqiy - ma'naviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
- gazetani belgilangan tartibda chiqarish.
Tahririyat ushbu maqsadlarga erishish uchun:
- e'lon qilinayotgan maqolalarni yuksak professional darajada bo'lishini, obektiv va haqqoniy bo'lishini ta'minlaydi;
- har bir xodim salohiyatining to'la namoyon bo'lishiga erishish maqsadida ijodiy jamoada sharoit va muhit yaratadi;
- ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
- xodimlarning kasb mahoratini oshirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi;
- xodimlarni o'z xizmat vazifalarini bajarilishi uchun zarur bo'lgan texnika va boshqa vositalar bilan ta'minlaydi;
- ehtiyojmand xodimlarga moddiy yordam ko'rsatadi, xodimlarning turmush sharoitlarini yaxshilash to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.