"Moliya" jurnali
“Moliya” jurnali Toshkent Moliya institutining ilmiy nashridir.
“Moliya” jurnali ilmiy nashr bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi hamda boshqa qonun hujjatlari asosida ta’sis etilgan.
Jurnal o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi hududida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga hamda “Moliya” jurnali tahririyati Nizomiga muvofiq olib boradi.
Ommaviy axborot vositasining nomi: “Moliya”.
Ommaviy axborot vositasining tili: O’zbek tili (rus va ingliz tillarida ham chop etilishi mumkin).
Ommaviy axborot vositasining turi: Ilmiy jurnal.
Ommaviy axborot vositasining davriyligi: Har uch oyda bir marotaba.
Ommaviy axborot vositasining ixtisoslashuvi: Moliya va iqtisodiyot sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotganlarning ilmiy izlanishlari natijasi bilan tanishtirib borish, mazkur sohalarga qiziquvchi o’quvchilarning ehtiyojlarini imkon darajada qondirish.
Ommaviy axborot vositasining tarqatilish hududi: Respublika bo’yicha.
Ommaviy axborot vositasining hajmi: 70x108 1/16 bichimda olti bosma taboq, 96 sahifa.
Ommaviy axborot vositasining tahririyati joylashgan manzili (pochta manzili): Indeks: 100084, Toshkent shahri, Kichik halqa yo’li, 7-uy., tel.: 234-66-41
Tahririyat to’g’risida ma’lumotlar:
A.V.Vahobov – Toshkent Moliya instituti rektori, bosh muharrir, iqtisod fanlari doktori, professor.
Sh.K.Shayakubov – Toshkent Moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha rektor muovini, bosh muharrir o’rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
R.A.Abdikarimov – mas’ul kotib, texnika fanlari nomzodi, Axborot-nashriyot kompleksi direktori.
Z.Do’stmuxamedova – mas’ul muharrir.
Tahririyat faoliyatining maqsadi, asosiy vazifalari va yo’nalishlari
- Prezidentimiz, hukumatimiz va parlament tomonidan o’tkazilayotgan islohotlar, chiqarilgan qonun, farmoyishlar va qarorlar hamda ular mazmuni bilan tanishtirish, targ’ibotni amalga oshirish yo’llari haqida axborot berib borish.
- Respublika va dunyo amaliyoti hamda iqtisodiy fanlarda bo’layotgan yangiliklar, tajribalar, o’zaro fikr almashishlar bo’yicha maqola va xabar ma’lumotlar chop etish.
- Vazirlik, idoralar, korxona, tashkilotlar mutaxassislari bilan o’tkaziladigan muloqotlar, konferentsiya, simpozium va boshqalar bo’yicha axborotlar chop etish.
- Yangi iqtisodiy adabiyotlar, monografiyalar, darsliklar va boshqalar bo’yicha axborotlar berish, ular bilan tanishtirish.
- Iqtisodiy mavzular, sohalar, mutaxassisliklar, yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha tanlovlar o’tkazish va natijalarini ommalashtirish.
- Etuk, respublika va dunyo miqyosidagi olimlar, amaliyotchilar va ulug’ insonlar hayoti, faoliyati va asarlari bilan tanishtirish.
- Magistrant, ilmiy izlanuvchi, aspirant, doktorant va professor-o’qituvchilarning moliya va iqtisodiyot sohasida olib borayotgan ilmiy izlanishlar natijasini chop etishga imkoniyat yaratish va ko’maklashish.
Jurnal O’zbekiston Respublikasi Matbuot va Axborot Agentligi tomonidan 2008 yil 24 martda 0519 raqami bilan ro’yxatga olingan.