Tahririyatga maqola yuborilganda muallif quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
- «Moliya» jurnali moliyaviy-iqtisodiy mavzudagi ilmiy maqolalarni chop etishga mo’ljallangan ilmiy nashr bo’lganligi bois, tahririyatga taqdim etiladigan maqolalar ham bevosita iqtisod va moliya sohasidagi ilmiy izlanishlarga, tadqiqotlarga bag’ishlangan bo’lishi darkor. Shuningdek, mualliflar har bir maqola mavzusi bo’yicha ko’tarilgan muammolar hamda ularning echimlari xususida ham o’z fikr- mulohazalari va taklif hamda xulosalarini bayon qilib, ilmiy maqolaga xotima yasagan bo’lishi lozim. Aks holda, maqola o’ta tushunarsiz va yakunlanmagan fikrlardan iborat bo’lib qolishi mumkin.
- Original maqolaning hajmi jadval, rasmlar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan birga 8, obzor maqolalar esa 10-12, qisqa xabarlar 3-4 bet, taqrizlar 1-2 betdan oshmasligi va ular aniq-ravshan bayon etilgan bo’lishi kerak. Maqola o’zbek yoki rus tilida yozilgan bo’lishidan qat’iy nazar unda asosiy mazmun aks etishi shart.
- Maqolaga o’zbek va rus tillarida qisqacha annotatsiya berilishi lozim.
- Maqola barcha mualliflar tomonidan imzolanadi.
- Maqola har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirib to’g’rilangan bo’lishi lozim. Formulalar, jadvallar va tsitatalar tekshirilganligi haqida maqolada ularning qarshisiga mualliflar imzo chekadilar.
- Tahririyat maqolalarni qisqartirish va to’g’rilash, shuningdek, tahrir qilish huquqini o’z zimmasiga oladi. Tahririyatga avval boshqa nashrlarda chop etilgan yoki chop etishga yuborilgan maqolalarni qayta chop etish uchun taqdim etish qat’iyan man etiladi.
- Foydalanilgan adabiyotlar manbai tegishli standartlar bo’yicha keltirilishi kerak. Matnda ularga ko’rsatma raqami kvadrat qavsga olib yoziladi.
- Jadvallar ixcham bo’lib, ular albatta nomlanishi lozim.
Ushbu talablarga javob bermaydigan maqolalar mualliflarga ko’rilmasdan qaytariladi.
Mavzu jihatidan chop etishga qabul qilinmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi. |