Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Yangiliklar > E'lonlar > Byudjet hisobi kafedrasi negzida “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kur
04/06 2011 | Byudjet hisobi kafedrasi negzida “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi faoliyat ko`rsatmoqda

“Byudjet hisobi” kafedrasi negizida pullik ta’lim xizmati shaklida “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi tashkil qilingan bo’lib, o’quv kursi malakali amaliyotchi mutaxassislar va kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Tinglovchilar byudjet tashkilotlarida smeta ijrosining balansdan balansgacha bo’lgan jarayoni hisobini o’rganib amaliy bilimga ega bo’lib, o’quv kursini muvofaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga guvohnoma beriladi. Kurs bitiruvchilari byudjet tashkilotlarida bosh buxgalterlik lavozimlarida ishlash malakasiga ega bo'lishadi.

Jumladan, kelgusida davom ettiriladigan o’quv kursi uchun tinglovchilarning yangi tarkibi shakllantirilmoqda, hamda o’quv kursini yanada yuqori saviyada tashkil qilish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi faoliyatidan lavhalar


Toshkent shahri Shayxontohur tumani moliya bo’limi bosh hisobchisi M.Kuldosheva “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi mashg`ulot jarayonida

O’quv kursi malakali amaliyotchi mutaxassislar va kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.


o’q. K. Ibragimov “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi mashg’uloti jarayonida


o’q. A.Ostonoqulov “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” o’quv kursi mashg’ulot jarayonida

Byudjet tashkilotlari tomonidan malakali kadrlarga bo`lgan talabning yuqoriligi sababli o’quv kursiga qiziquvchilar soni kun sayin ortib bormoqda.


Bog’lanish uchun ma’lumot
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko’chasi, 60A
Telefon: +99(871) 235-23-87 E-mail: ibragimovksh@tfi.uz
© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.