1996 yilgacha mazkur universitetda katta o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab keldingiz. 1996 yildan boshlab bugungi kungacha esa Toshkent Moliya instituti “Chet tillari” kafedrasi mudirasi lavozimida o’z mehnat faoliyatingizni davom ettirmoqdasiz. Qariyb 46 yillik pedagogik faoliyatingizni ilmiy izlanishlar bilan birga olib bordingiz va natijada 40 dan ortiq maqolalar, o’quv qo’llanma va darsliklar nashr qildingiz. Siz yaratgan o’quv darsliklari, uslubiy qo’llanmalar talabalar va professor-o’qituvchilar uchun bebaho xazinadir.
Siz tinimsiz fidokorona mehnat qiladigan haqiqiy insonsiz! Yoshlarga talabchan va mehribon ustozsiz! O’z ishingizga pishiq va uning barcha qirralarini puxta egallagan mutaxassissiz! Hamkasblaringizga haqiqiy do’stsiz!
Hayotda uchraydigan turli kamchiliklarga befarq tura olmaysiz.
Doimo ularni adolatli hal qilishga intilasiz!
Siz katta baxtli oila boshlig’isiz. Farzandlarni, nevaralarni mehribon onasisiz!
Ana shu fazilat va ne’matlar sohibi ekanligingiz jamoamizda haqli ravishda hurmat va e’tiborga sazovor bo’lishingizga sababchi bo’ldi. Sizdagi g’ayrat, shijoat, odillik jamoamiz uchun hali juda kerak va uzoq yillar birga ishlashga umid bog’laymiz.
Hurmatli Dolores Abidovna !
Sizni yana bir bor tavallud topgan kuningizga 70 yil to’lishi munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz va Sizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, katta oilaviy baxt-saodat tilaymiz.
Xayrli ishlaringiz hamisha barakali bo’lsin. |