Konferensiyada quyidagi sho‘’balar faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan:
1. Barkamol avlod tarbiyasi va olamning umumiy ilmiy manzarasini yaratishda fanlar integratsiyasining roli.
2. Fanlarning integratsiyalashuvi va ta’limni gumanizatsiyalash hamda gumanitarlashtirish muammolari.
3. Kasbiy ta’limda fanlar integratsiyalashuvining o‘rni va ahamiyati.
4. Pedagogik-psixologik va iqtisodiy ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning tashkiliy va ilmiy-metodik muammolari.
Konferensiya materiallari mualliflar hisobidan to‘plam shaklida chop etiladi. Maqola va tezislar A-4 formatli oq qog‘ozda, 14-shriftda, qator orasi 1,5 intervalli matn tarzida Times New Roman (o‘zbek tilida) shriftida hamma tomondan 2 sm hoshiya qoldirib tayyorlangan holda yuborilishi lozim. Materiallar qog‘ozda va elektron versiyada 2010-yil 5-maygacha qabul qilinadi.
Taqdim etilgan materiallarning har bir sahifasi uchun 6000 (olti ming) so‘m naqd badal puli to‘lanadi.
Qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan va tahrir hay’ati ma’qullamagan materiallar chop etilmaydi hamda qo‘lyozmasi qaytarilmaydi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 7.
Murojaat uchun telefon: 234-66-39 |