Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Konferentsiyalar > O'zbekistonda korporativ boshkarishni takomillashtirish muammolari va moliya-sanoat guruxlarini tash
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Konferentsiyalar
12/02 2008 | O'zbekistonda korporativ boshkarishni takomillashtirish muammolari va moliya-sanoat guruxlarini tashkil etishning xalqaro tajribasi

Moskva gumanitar-iktisodiy institut, Latviya Davlat Universiteti (EM), G.V. Plexanov nomli Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar Markazi xamkorligida Toshkent Moliya Instituti tomonidan UzR Bank-Moliya Akademiyasi bilan birgalikda uyushtirilmoqda.

Konferentsiya o'tkazish kuni -2008 yil 22 may, Toshkent shaxri.

Toshkent Moliya Instituti qiziqqan hamma olimlarni va amaliyotchilarni "O'zbekistonda korporativ boshkarishni takomillashtirish muammolari va moliya-sanoat guruxlarini tashkil etishning xalqaro tajribasi"ga oid konferentsiyaga taklif etadi. O'zbekiston Respublikasi o'rta va maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan qullab-quvvatlangan konferentsiya maqsadlari quyidagilardan iborat: moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda tajriba almashish va jadallashgan innovatsion korporativ boshqaruv bilan tanishish, banklar ishtiroqida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda zamonaviy kontseptsiyalar va ularni ahvolini baholash, O'zbekistonda moliya-sanoat guruhlarini yaratish jarayoni va muammolari, korporativ boshqaruvning samarali strategiyalarini o'tkazish jarayonlarini ishlab chiqish, korporativ boshqaruvni takomillashtirishda ta'lim va iqtisodiy fanlarning roli, korporativ boshqaruvda isloxotlarni o'tkazish yo'llari, moliya-sanoat guruhlarini qullab-quvvatlash yo'llari va korporativ boshkaruvni tashkillashtirish, moliya-sanoat guruhlarini amaliyotda erishgan oxirgi natijalari va istiqbollari, undan tashqari moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda va xamkorlik o'rnatishda amaliy takliflarni ishlab chiqishni forumda tashkil etish.

Konferentsiyada rejalashtirilgan plenar anjumandan tashqari quyidagi sektsiyalar ishi tashkil etilishi muljallangan:

  • Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda xalqaro tajribasi va ularning qo'llanish imkoniyatlari;
  • O'zbekistonda moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning xuqukiy-me'yoriy asoslari;
  • banklar ishtirokida moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning zamonaviy kontseptsiyalari;
  • korporativ boshqaruvning moliyaviy aspektlari;
  • Xalqaro tajribani inobatga olgan xolda respublikada korporativ boshqaruvning takomillashtirish yo'llari;
  • korporativ boshqaruvni takomillashtirishda iqtisodiy fanlar va ta'limning o'rni;
  • xalq xo'jaligining xar xil shakldagi korxonalarida korporativ boshqaruv ahvoli.

Ma'ruzalarning tezislarini printerdan chiqarilgan holatda va qatnashuvchilarning anketalari elektron ko'rinishda to'ldirilgan holda 2008 yilning 27 mart kunigacha konferentsiya tashkiliy qo'mitasiga quyidagi manzilga jo'natishingizni so'raymiz: 100084 Toshkent sh. Yunus-Obod tumani Kichik xalqa yo'li 7uy, Toshkent moliya Instituti, "Menejment" kafedrasi 2-bino, 4-qavat yoki elektron manzillarimizga e-mail orqali: menconference2008@tfi.uz yoki coordinator2008@mail.ru

Ma'ruza tezislari va ilmiy-amaliy takliflar o'zbek, rus va ingliz tillarida 2-3 betda taqdim etilishi lozim.

Ma'ruza tezislari Microsoft Word (format RTF), Times New Roman shrifti, A4 formatli varaqda, matn joylashishi yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o'ngdan 1,5 sm joy qolishi lozim, shrift o'lchovi - 14pt, qatorlar orasida - bir interval, abzats boshi - 1sm quyidagi formatda taqdim etilsin. Maqola shakli: muallifning F.I.Sh. (to'liq), ilmiy unvoni va darajasi, lavozimi, Oliy o'quv yurtining yoki tashkilot nomi, maqolaning o'ng-tepa burchagida va maqolaning mavzusi qora-qalin shrift bilan yozilishi shart.

Tanlangan xamma tezislar konferentsiyaning tezis to'plamida nashr etiladi.

Toshkent moliya institutining murojaat telefonlari: tel: (99871) 2342519 faks: (99871) 2346771

Boshqa shaxarlardan va chet el ishtirokchilari yo'l kira va yashash xarajatlarini jo'natuvchi yoki qatnashuvchi tomonidan to'lanadi.

Konferentsiya xaqida to'liq ma'lumotlarni va konferentsiyaga qatnashish uchun on-line ro'yxatdan o'tish imkoniyatlarini quyidagi veb sahifaga murojaat qilishingiz mumkin - http://www.tfi.uz/conference.asp

Konferentsiya menejeri: Yorkin Abdullaev (99871) 2346771

Konferentsiya koordinatori: Shuxrat Boboxujaev (99871) 2342519 mob: (99897) 4010692 e-mail: coordinator2008@mail.ru

© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.