Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Fakultetlar yangiliklari > Hisob-iqtisod fakulteti yangiliklari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Hisob-iqtisod fakulteti yangiliklari
09/12 2008 | "Moliyachi" voleybol jamoasi oliy liga o'yinlarida

Voleybol bo'yicha oliy liga o'yinlarida oltita kuchli komandaning birinchi tur uchrashuvlarida Toshkent Moliya institutining "Moliyachi" jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Voleybol bo'yicha kubok soxiblari va O'zbekiston chempionligini bir necha bor qo'lga kiritib kelayotgan Samarqand, Navoiy tog' kon metallurgiya kombinati (NGMK) jamoalari bilan bir qatorda ilk bor teng bellashuvlarga chiqish institut jamoasi uchun albatta muhim yutuq hisoblanadi. Garchi birinchi tur yakunlari bo'yicha jamoa dastlabki yutuqli o'rinlarga ega bo'lmasa ham hal qiluvchi muhim ochkolarni qo'lga kiritdi.


09/12 2008 | Toshkent shahar sport va madaniyat ishlari boshqarmasi Kubogi

Joriy yilning noyabr oyi va dekabr oyinining birinchi o'n kunligida Toshkent moliya institutining "Moliyachi" voleybol jamoasi Toshkent shahri sport va madaniyat ishlari boshqarmasi tamonidan tashkil etilgan voleybol bo'yicha tashkil etilgan sport musoboqalarida faol ishtirok etib faxrli birinchi o'rinni egallab, kubok sohibi bo'lishdi. Ushbu tur uchrashuvlarida OTV tasarrufidagi institut jamoalari, shuningdek, turli tashkilot va birlashmalarning voleybol jamoalari ishtirok etishdi. Hal qiluvchi baxslar Toshkent moliya institutining "Moliyachi" va Mudofa vazirligining jamoalari o'rtasida kechdi.


09/12 2008 | "Moliyachi" voleybol jamoasi safarda

Joriy yilning 2-7 dekabr kunlari Toshkent moliya institutining "Moliyachi" voleybol jamoasi Namanagan viloyatida Respublika "Talaba sport ushmasi" tomonidan tashkil etilgan kubok o'yinlarida ishtirok etdi. Murosasiz o'tgan uchrashuvlar yakunida jamoa a'zolari faxrli ikkinchi o'rinni egallashdi. Respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarining faol jamoalari ishtirok etgan ushbu musoboqani jamoaning "Universiada" uyinlariga tayyorgarlik yuzasidan dastlabki qadami deyish mumkin. Institut jamoasi kubok uchun kechgan final o'yinlari Qo'qon Davlat universiteti jamoasiga 3/2 nisbatda natijani boy bergan xolda 2 o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi.


09/12 2008 | "Moliyachi" voleybol jamoasining yana bir muvaffakiyati

Respublika "Talaba" sport uyushmasi tomonidan Toshkent shahri oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida o'tkazilgan voleybol bo'yicha shahar birinchiligi "Moliyachi" voleybol jamoasi uchun omadli keldi. Jamoa a'zolari bu safar ham "Talaba" sport o'yinlari bo'yicha shahar birinchiligini qo'lga kiritishdi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.


09/12 2008 | O'zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik bilan uchrashuv

Toshkent Moliya instituti hisob iqtisod fakultetida elimiz sevgan, adib, kamtarin va fidoyi inson, mehribon ustoz Toxir Malik bilan uchrashuv tashkil etildi. Adibning talabalarimiz tomonidan sevib o'qiladigan "Shaytanat", "Iblis devori" asarlari va ular asosida ishlab chiqilgan videofilmlarining yaratilishi, janrlar va kahramonlarning xayotiga oid savol-javoblar bilan sermazmun o'tgan ushbu uchrashuv o'ylaymizki talbalarimiz eslarida qoladi. Bilim olishning naqadar muhimligi, bilimli bo'lishning mashaqqatli mehnati haqida adib o'z hayot tajribalari asosida talabalar bilan jonli mulokot olib bordilar. Shuningdek, "Jaxon moliyaviy inqirozi"ga nisbatan adibimiz tomonidan aniq tavsiflarning berilganligi ham talabalar o'rtasida o'zgacha taassurot qoldirdi.


06/12 2008 | Toshkent Moliya institutida yana bir tadbir

6 dekabr kuni Toshkent moliya instituti hisob iqtisod fakultetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16 yilligi munosabati bilan "Baxtimiz komusi" mavzusida talabalar bilan muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda respublikamizning ko'zga ko'ringan olimlari va institutimizning "Umumiqtisodiy nazariy va iqtisodiy pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi va uning yaratilish tarixi, Konstitutsiyamizning muhim jihatlari, uning demokratik jamiyat va taraqqiyotimizdagi roli, o'rni xususida so'z bordi. Talaba yoshlarimizning Konstitutsiyani qay darajada bilishlari va ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.


© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.