Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Fakultetlar yangiliklari > Kredit-iqtisod fakulteti yangiliklari > “Barkamol avlodni ish bilan ta’minlash-davr talabi”
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Kredit-iqtisod fakulteti yangiliklari
15/12 2009 | “Barkamol avlodni ish bilan ta’minlash-davr talabi”

2009 yil 15 dekabr kuni Toshkent moliya institutida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Barkamol avlodni ish bilan ta’minlash-davr talabi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ilmiy-amaliy seminarda O’zR Moliya vazirligi, O’zR G’aznachilik boshqarmasi, O’zR mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zR Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo’l jamg’armasi, O’zR Moliya vazirligi Pensiya jamg’armalarining mutassadi hodimlari institutning 2009-2010 yilgi bitiruvchilari bilan uchrashib,

o’zaro fikr almashdilar. Ilmiy-amaliy seminar davomida respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o’rganish hamda shu asosida institutda tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha “buyurtmalar portfeli”ni ko’paytirish va yangilash; real iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalari talablarini doimiy o’rganish asosida institutda tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarini qayta ko’rib chiqish, kadrlar is’temolchilari ehtiyojlariga ko’ra yangi ta’lim yo’nalishlari ochilishini tashkil etish; institut bilan korxona va tashkilotlar o’rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi aloqalarni o’rnatish, ularni rivojlantirish uchun amaliy tadbirlarni amalga oshirish; institutni tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishiga amaliy ko’mak berish, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «2005/2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida»gi Qaroriga ko’ra institutni davlat granti asosida tamomlayotgan bitiruvchilarni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, olingan buyurtmalarga binoan ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash chora-tadbirlarini samarali va tartibli amalga oshirish; institut bitiruvchilarining mehnat faoliyatini monitoringini o’tkazish, jumladan, ularning xizmat pillapoyalarida o’sishini o’rganib borish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, ilmiy-amaliy seminarda bitiruvchi kurs magistrantlari, talabalari, aspirant va ilmiy izlanuvchilari o’z ilmiy izlanishlari davomida erishgan natijalari, ilmiy asoslangan xulosa va amaliy takliflarini amaliyotga joriy etish uchun bugungi kunda institutda tayyorlanayotgan kadrlarni asosiy ist’emolchisi bo’lgan yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlarning mutassadi xodimlari e’tiboriga havola etdilar.

Ilmiy-amaliy seminarda taqdim etilgan xulosa va takliflar jamlangan ilmiy to’plam chop etildi.

Seminar yakunida 2010 yil “Barkamol avlod” yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan qator chor tadbirlar belgilab olindi.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.