Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Moliya-iqtisod fakulteti yangiliklari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Moliya-iqtisod fakulteti yangiliklari
07/05 2011 | 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti tomonidan Vatanimiz ozodligi va sha’nu-sharafi himoyachilariga bag’ishlangan maxsus uchrashuv

2011 yil 7 may kuni Moliya-iqtisod fakulteti rahbariyati hamda fakultet “Kamolot” YoIH etakchilari va faol talaba-yoshlar ishtirokida ikkinchi jahon urushi fahriylari, ya’ni Vera Vasilevna, Vanshteyn Faina, Afanaseva Ekaterina, Konstantin Konstantinovichlarning xonadonlariga oziq-ovqat maxsulotlari va esdalik sovg’alari bilan tashrif uyushtirildi. Tashrif chog’ida fakultet jamoasi hamda faol talaba-yoshlar Vatanimiz ozodligi va sha’nu-sharafi himoyachilari bilan yaqindan suhbatlashib, ularni bayram bilan chin dildan qutlashdi.


21/04 2009 | “Moliyaviy inqiroz va ekologik muammolar” mavzusida seminar-trening

2009 yil 21 aprel kuni, institut Axborot resurs markazida O’zbekiston Ekologik harakati va Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti bilan hamkorlikda “Moliyaviy inqiroz va ekologik muammolar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Ekologik harakatining rahbar va mas’ul xodimlari, Fuqarolik jamiyati instituti, Toshkent Moliya instituti, siyosiy partiyalar va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.


27/03 2009 | “Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusidagi kadrlar buyurtmachilari bilan uchrashuv

Toshkent moliya instituti va Toshkent viloyati bo’yicha g’aznachilik boshqarmasi hamkorlikda 2009 yil 26 mart kuni institut axborot resurs markazi katta o’quv zalida “Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusidagi kadrlar buyurtmachilari bilan uchrashuvi o’tkaziolmoqda.


18/03 2009 | “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaning roli” mavzusida respublika o’quv yurtlariaro ilmiy-amaliy konferentsiya

Moliya-iqtisod fakulteti tasarrufidagi “Moliya” kafedrasi tomonidan 2009 yil 18 mart kuni “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaning roli” mavzusida respublika o’quv yurtlariaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

Konferentsiyani TMI ilmiy ishlar bo’yicha prorektori i.f.d., prof. Yo.Abdullaev kirish so’zi bilan ochdi, shundan so’ng i.f.d., prof. T.Malikov qatnashuvchilarni qutladi. Plenar yig’ilish i.f.d., prof. N.Haydarov ma’ruzasi bilan boshlandi. Shuningdek, TDIU “Moliya va soliqlar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. S.Xudoyqulov, TMI “Moliya” kafedrasi dotsenti, i.f.n. U.Burxanov hamda bir qator iqtidorli talabalarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.


27/02 2009 | “Talaba qizlarda oila psixologiyasini shakllantirish” mavzusida ochiq muloqot

Fakultetda 27 fevral kuni “Talaba qizlarni bo’lajak hayotga tayyorlash dasturi doirasida “Talaba qizlarda oila psixologiyasini shakllantirish” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi. Muloqotda Moliya-iqtisod fakulteti dekani i.f.d., prof. N. Haydarov, Ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan muovini Sh.Allayorov, Toshkent Davlat Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti dotsenti, psixolog F.Alimova, Toshkent Moliya instituti Xotin-qizlar kengashi raisasi R.Azimbaeva, Moliya-iqtisod fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisasi S.To’laganova, “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Sultonovalar hamda fakultet talaba-qizlari ishtirok etishdi. Tadbirda talaba qizlarda oila psixologiyasini shakllantirish bo’yicha dolzarb mavzularda ma’ruzalar eshitildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javoblar olishdi.


23/01 2009 | “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning hozirgi zamon modeli xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir

“G’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan 2009 yil 23 yanvar soat 11:00 da Moliya-iqtisod fakulteti Ma’naviyat va ma’rifat xonasida kafedra xaftaligi doirasida “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning hozirgi zamon modeli xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy tadbirga o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasi bosh mutaxassisi Maxmudxo’jaev Avazbek Yunusjonovich, “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani prof. N.Haydarov, fakultet ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xayriddinov, “G’aznachilik ishi” kafedrasi mudiri dots. Z.Karimova, “G’aznachilik ishi” kafedrasi professor-o’qituvchilari va institut talabalari qatnashdilar. Dastur doirasida A.Yu. Maxmudxo’jaev “Maktab ta’limini moliyalashtirish: muammo va echimlar” mavzusida tadbir ishtirokchilari bilan suhbat o’tkazdi. Mavzu talabalar va professor-o’qituvchilar bilan A.Yu.Maxmudxo’jaev o’rtasida qizg’in munozaralar asosida o’tdi.


22/01 2009 | “Hozirda dunyoda mavjud moliyaviy inqiroz sabablari” mavzusida davra suhbati

2009 yil 22 yanvar kuni fakultetda “Hozirda dunyoda mavjud moliyaviy inqiroz sabablari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Bank-moliya akademiyasi “Bank menejmenti” kafedrasi mudiri i.f.d. N.Jumaev, shuningdek “Moliya” va “G’aznachilik ishi” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi. Bahs-munozara jarayonida 15 dan ortiq savollar tushib, mavjud muammoga oydinlik kiritildi.


21/01 2009 | “Ma’naviyat − kelajak poydevori” mavzusidagi ma’rifiy-madaniy tadbir

“G’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan 2009 yil 21 yanvar soat 16:00 da 1-sonli talabalar turar joyida kafedra xaftaligi doirasida “Ma’naviyat − kelajak moydevori” mavzusidagi ma’rifiy-madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda “O’zbekiston” Teleradiokanali bosh direktori, xalq shoiri Xurshid Davron, “O’zbekiston” Teleradiokanali Ma’naviyat va musiqa bo’limi bosh muharriri Nodir Jonuzoq, “O’zbekiston” Teleradiokanali Mediametriya va reyting bo’limi boshlig’i shoir Orif To’xtash, TMI prorektori Sh.Azimov, “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani prof. N.Haydarov, “G’aznachilik ishi” kafedrasi mudiri dots. Z.Karimova, “G’aznachilik ishi” kafedrasi professor-o’qituvchilari va institut talabalari qatnashdilar.


08/12 2008 | 8-dekabr Konstitutsiya kuni

Fakultetda Moliya-iqtisod fakulteti bilan “Falsafa” kafedrasi birgalikda “Konstitutsiya – istiqlolimiz va istiqbolimizning xuquqiy kafolati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Anjumanda Moliya-iqtisod fakulteti dekani N.Haydarov, dekan o’rinbosari Sh.Allayorov, “Falsafa” kafedrasi professori S.Raximov, MIF dekani muovini, i.f.n., dotsent Sh.Allayorov, “Falsafa” kafedrasi dotsenti M.Abduxoliqov, “Falsafa” kafedrasi kata o’qituvchisi G.Abdullaeva, “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Sultonova, MM-70 guruhi Matyoqubov M, MM-76k guruhi talabasi D.Raximova, MM-72 guruh talabasi A.Ro’ziev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA F.Ravshanovlar ishtirok etdilar.


05/12 2008 | Fakultet bilan "Falsafa" kafedrasi birgalikda "Konstitutsiya - istiqlolimiz va istiqbolimizning xuquqiy kafolati" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman

Fakultetda Moliya-iqtisod fakulteti bilan “Falsafa” kafedrasi birgalikda “Konstitutsiya – istiqlolimiz va istiqbolimizning xuquqiy kafolati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Anjumanda Moliya-iqtisod fakulteti dekani N.Haydarov, dekan o’rinbosari Sh.Allayorov, “Falsafa” kafedrasi professori S.Raximov, MIF dekani muovini, i.f.n., dotsent Sh.Allayorov, “Falsafa” kafedrasi dotsenti M.Abduxoliqov, “Falsafa” kafedrasi kata o’qituvchisi G.Abdullaeva, “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Sultonova, MM-70 guruhi Matyoqubov M, MM-76k guruhi talabasi D.Raximova, MM-72 guruh talabasi A.Ro’ziev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA F.Ravshanovlar ishtirok etdilar.


Displaying results 1-10 (of 29)
 |<  < 1 - 2 - 3  >  >| 
© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.