Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Yangiliklar > Moliyaviy injiniring fakulteti yangiliklari > 2011 yil 4 may kuni “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Urush va mehnat faxriylari xo
Moliyaviy injiniring fakulteti yangiliklari
04/05 2011 | 2011 yil 4 may kuni “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Urush va mehnat faxriylari xolidan xabar olindi

Istiqlol yillarida ulug’ ajdodlar xotirasini qadrlash, mamlakat taraqqiyoti, yurt ozodligi yo’lida jonbozlik ko’rsatgan fidoyi yurtdoshlarimiz ruhini shod etmoq uchun ezgu amallarga bel bog’lashdek savob yumush dilimizdagi yorug’ niyatlardan biriga aylandi. Shu ma’noda Preziden-timiz tashabbusi bilan 9 may Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilinganligi beqiyos ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan 2011 yil 4 may sanasida Moliya injiniringi fakulteti talabalari fakultet rahbariyati, “Kamolot” YoIH IBT, Birlashgan kasaba uyushmasi hamkorligida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashuvchilari holidan xabar olindi.

Shubhasizki, talabalarimiz ushbu ayyom timsolida yoshi ulug’larni qadrlash, saxovatga muhtoj kishilarga ko’maklashish kabi olijanob fazilatlarni o’z qalbiga singdirib borayotir. Bunday yondashuv esa mamlakatimiz fuqarolari, el-ulus manfaati yo’lida sidqidildan mehnat qilib, o’zidan yaxshi nom qoldirgan yurt-doshlarimiz Xotirasi va Qadriga qo’yilgan Mehr haykalidir.

9 may — Xotira va qadrlash kuni

1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o’lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag’ishlangan.

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o’z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To’maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho’lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur.Insoniyat ikkinchi jaxon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo unutmaydi. Ushbu an’analarni davom ettirish maqsadida Toshkent moliya instituti Moliya injiniringi fakulteti bir guruh talabalari 2011 yil 5 may sanasida Toshkent shahrida joylashgan “Xotira xiyoboni” ga tashrif buyurishib, Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilari xotirasini yod etib qaytishdilar.

HAR BIR FARZANDGA — MEHR VA E’TIBOR

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida huquqiy demokratik jamiyat, erkin va farovon hayot barpo etish kabi ulug’vor maqsadlar yo’lida izchil amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar negizida yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fakultet talabalari va professor-o’qituvchilari ishtirokida 2011 yil 23 aprel sanasida Moliya injiniringi fakulteti talabalari 1-Bolalar “Muruvvat uyi”da bo’lib qaytishdi va u erda tarbiyalanayotgan bolalar xolidan xabar olishdi. Talabalar, hayotda shunday insonlar borki, ular bor ilmi, qolaversa umr yo’lini fidoyilikka baxshida etib, yurtimiz ravnaqi uchun astoydil xizmat qilib keladilar. Ayniqsa, mehribonlik va muruvvat uylarida qalbi o’ksik bolajonlarga mehr ulashib kelayotgan insonlar to’g’risida qanchalik e’tirofli fikrlar aytmaylik, so’z boyligimiz kamlik qiladi. Ana shunday fidoyilik yo’lida xizmat qilib kelayotgan Toshkent shahar hokimiyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh bosh¬qarmasiga qarashli 1-son bolalar "Muruvvat" uyida bo’lganimizda u erda mehnat qilayotgan tarbiyachi, enaga va hamshiralarning kundalik faoliyatlari bilan tanishib, suhbatda bo’lib qaytishdi.



 

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.