Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Soliq va sug'urta ishi fakulteti yangiliklari
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Soliq va sug'urta ishi fakulteti yangiliklari
06/03 2009 | Bevosita muloqot

2009 yil 13 mart kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar va yig’imlar hamda yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibini tushuntirishga doir bevosita muloqot bo’lib o’tadi.
       244-44-13 va 244-44-17 telefonlari orqali tushgan savollarga Davlat soliq qo’mitasi apparati, Respublika axborot-maslahat markazining mutaxassislari javob beradilar.


26/01 2009 | Toshkent moliya instituti soliq va sug’urta ishi fakulteti “talaba qizlarni xayotga tayyorlash to’g’risida

2009 yil 16 yanvar kuni Soliq va sug’urta ishi fakultetining Axborot Resurslar Markazida  “Talaba qizlarni xayotga tayyorlash”  mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Unda fakultet talaba qizlari,  onkologiya va rodiologiya ilmiy tekshirish instituti xodimi, fakultet xotin- qizlari qo’mitasi raisi va fakultet kafedralarining bir qator ayol o’qituvchilari ishtirok etdilar.


12/01 2009 | Soliq bilimlari – bolalarga

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari orasida soliq savodxonligini yoshlikdan shakllantirish maqsadida respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Soliq bilimlari – bolalarga” nomli respublika ko’rik tanlovini o’tkazadi.


09/01 2009 | Bevosita muloqot

2009 yil 9 va 23 yanvar kunlari soat 10.00 dan 12.00 gacha Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda 2009 yilda soliqlar va majburiy to’lovlar asosiy parametrlariga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalarni tushuntirishga doir bevosita muloqot bo’lib o’tadi


24/12 2008 | O’zbekiston Respublikasi hukumati va markaziy banki hamda Xalqaro valyuta jamg’armasining qo’shma bayonoti.

Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi 2008 yil 8-19 dekabr kunlari Toshkentda bo’ldi. Missiyaga Xalqaro valyuta jamg’armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktorining o’rinbosari Sena Eken xonim boshchilik qildi. Tashrifdan ko’zda tutilgan maqsad 2008 yildagi iqtisodiy va moliyaviy holatni va jahon iqtisodiyotida so’nggi paytlarda ro’y berayotgan o’zgarishlardan kelib chiqqan holda, 2009 yilgi istiqbollarni va rasmiy idoralarning iqtisodiy siyosat borasidagi rejalarini baholashdan iborat edi. Missiya samarali hamkorlik va oshkora fikr almashuvi uchun rasmiy idoralarga alohida minnatdorlik izhor etdi.

 


12/12 2008 | Soliq maslahati masalalariga bag’ishlandi.

2008 yil 5 dekabrda “Poytaxt” biznes markazining “Uchquduq” majlislar zalida Fiskal siyosatni takomillashtirish bo’yicha biznes-forum ekspert kengashining “O’zbekistonda soliq maslahati: muammo va rivojlanish istiqbollari” mavzusida yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni BMT Rivojlanish Dasturining “O’zbekistonda davlat moliyasini isloh qilish” va “O’zbekiston biznes-forumi” loyihalari mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qildi.


09/12 2008 | Toshkent moliya instituti "Soliq va sug'urta ishi" fakulteti "Falsafa" kafedrasi majlis

Bayonnomasi

Qatnashdilar: Fakultet dekani prof.Almardonov, dekan muovunlari S.Mamashakirov, G'.Safarov, kafedra mudiri prof. N.Mamatov va dots. J.Abduxliqov, dots. S.Yuldoshova, kat o'q A.Raxmonov, A. Sultonovalar xamda "Soliq va sug'urta ishi" fakultetining talabalari

1.12.2008

kun tartibi:

  1. "Soliq va sug'urta ishi" fakulteti faollar zalida (122 auditoriya) Konstituttsiyamiz 16 yilligi munosabati bilan "Qomusimiz-kelajagimiz kafolati" mavzusida o'tkazilgan davra suxbati yuzasidan.
  2. Har xil masalalar.

So'zga chiqdi: fakultet dekani prof. M. Almardonov so'zga chiqib davra suxbatini ochiq deb e'lon qildi. Shundan so'ng davra suxbati qatnashchilarini Konstituttsiya bayrami va yaqinlashib kelayotgan qurbon xayit bayramlari bilan tabriklab bu bayramimiz to'g'risida o'zining fikr muloxazalarini bildirib o'tdi.


08/12 2008 | TOShKENT MOLIYa INSTITUTI SOLIQ VA SUG’URTA IShI FAKULTETI KAM TA’MINLANGAN TALABALARNI MODDIY RAG’BATLANTIRILGANLIGI TO’G’RISIDA

Toshkent moliya instituti kasaba uyushmasi tomonidan “Xalqaro talabalar kuni” va 8-dekabr “Konstitutsiya kuni” munosabati bilan kam ta’minlangan talabalarni moddiy rag’batlantirish maqsadida xayriya tadbir o’tkazildi. unda soliq va sug’urta ishi fakultetidagi kam ta’minlangan talabalar xam ishtirok etdilar. Jumladan, G’ Alimov va Qobulovlarga tantanali ravishda sport kiyimlari va Shodiev K., Masharipov M., Ochilov A., Xamzaev M., Amirqulov A. va I Naimovlarga 15000 so’m pul mablag’lari topshirildi.


05/12 2008 | Soliq bilimlari – bolalarga

27 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasida ushbu mavzuda matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari, Toshkent shahri Davlat soliq inspektsiyalarining soliq qonunchiligini targ’ib qilish bo’yicha ijodiy guruh vakillari qatnashishdi. Anjumanni DSQ raisining birinchi o’rinbosari Erkin Gadoev olib bordi.


04/12 2008 | Toshkent moliya institui soliq va sug’urta ishi fakulteti “Norma” axborot xuquqiy tizimi bilan tuzilgan shartnoma to’g’risida

“Norma” axborot huquqiy tizimi va soliq va sug’urta ishi fakulteti hamkorlikda talabalarni ta’lim olishlari va ularni kelajakda etuk mutaxassis bo’lib etishishlarida, yangi xuquqiy meyorlar bazasiga ega bo’lgan “Norma” dasturi orqali keng imkoniyatli muhit yaratilmoqda.

Ushbu dastur yordamida amaliy buxgalteriya, moliyaviy natijalar, meyoriy huquqiy hujjatlar, birlamchi hujjatlar shakllari, turli mulkka oid xisob-kitoblar amalga oshiriladi.


Displaying results 1-10 (of 18)
 |<  < 1 - 2  >  >| 
© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.