2009 yil 9 va 23 yanvar kunlari soat 10.00 dan 12.00 gacha Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda 2009 yilda soliqlar va majburiy to’lovlar asosiy parametrlariga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalarni tushuntirishga doir bevosita muloqot bo’lib o’tadi
244-44-13 va 244-44-17 telefonlari orqali tushgan savollarga Davlat soliq qo’mitasi markaziy apparati, Respublika axborot-maslahat markazining mutaxassislari javob beradilar. Savollarni 244-44-13 faksi orqali oldindan jo’natish mumkin.