Jahon iqtisodiyotida kredit inqirozi davom etayotgan va rivojlangan davlatlarda iqtisodiy pasayish kuzatilayotgan bir paytda, 2008 yilda O’zbekiston iqtisodiyoti barqarorligi saqlab qolindi, yalpi ichki mahsulotning real o’sishi 9 foiz (rasmiy ma’lumotlarga ko’ra) tashkil etdi, mamlakatda tashqi savdo balansi va byudjetning sezilarli profitsiti kuzatildi, valyuta rezervlarining oshishi davom etmoqda, bank tizimi barqarorligi saqlanmoqda. Inflyatsiya o’sishining oldini olinmoqda.
O’zbekiston o’zining mustahkam makroiqtisodiy salohiyati tufayli iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan aniq iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. |