| Institut yangiliklari |
| 07.05.2013 | Institutda «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. |
|
Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 25-aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda institut rektorining shu boradagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 7-may kuni «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan dargohimizda «Bir piyola choy ustida» deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
|
| 05.05.2013 | Hashar - Elga yarashar |
|
Ona zaminimizga fasllar kelinchagi bahorning kirib kelishi bilan jannatmakon yurt sanalmish O`zbekistonimizning tabiati, dalalari, qir-u adirlari, kundan-kun yashil libos kiyib chiroy ochib bormoqda. Bu go`zallikni ko`rgan har bir insonning ko`zi va dili quvnamasdan iloji yo`q. Bahor fasli kelishi bilan barcha bobodehqonlarimiz qo`llariga ketmon dastalarini olib qir-u dalam qaydasan deb, bog` yaratish maqsadida yo`lga otlanishadi. Bog` yaratish haqida so`z ketganda shoira Zulfiyaning quyidagi misralarini aytib o`tmasdan ilojim yo`q: “Bu bog`lar bir, bog`lar bo`ladi hali”. Haqiqatdan ham yurtimizga yangilanish va yasharish fasli bo`lmish bahor kelishi bilan barcha hududlarda obodanlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
|
| 03.05.2013 | E'lon |
|
Toshkent moliya instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda 2013 yil 29 may kuni Toshkent shahrida “Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda banklarning roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazadi.
Konferentsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o’tkaziladi.
|
| 01.05.2013 | Tarmoklar sanoat ko’rgazma-yarmarkasi |
|
2013 yil 1-3 may kunlari Toshkent shahridagi «O’zekspomarkaz” OAJ pavlonida Tarmoklar sanoat ko’rgazma-yarmarkasi bo’lib o’tmoqda. Ko’rgazmada kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi uchun ishlab chiqarilgan, jahon andozalariga javob beradigan mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlar namoyish etilmoqda.
|
| 30.03.2013 | Institutning «Moliyachi» sport majmuasida Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi |
|
Mana yana o‘lkamizga fasllar kelinchagi Bahor tashrif buyurdi. Dala-dashtlarda, tog‘u toshlarda, ko‘cha-kuylarda, xullas, har bir mavjudotda yasharish va yangilanish ruhi ustuvor. Yanada quvonarlisi shuki, bahor bayramlarga boyligi bilan ham elimiz uchun e’zozli va ardoqli mavsumdir. Ana shu ayyomlar ichida eng qadimiysi va har tomonlama zalvorlisi Navro‘z bayramidir.
Bu bayram yurtimizning barcha go‘sha va guzarlarida, ko‘cha, sayilgoh va maydonlarida, mahallalarida, turli tashkilotu muassasalarida bir oy davomida keng nishonlanadi.
|
| 27.03.2013 | Joriy yilda Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey o‘quvchisi Robiya Ro‘zieva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi |
|
Ma’lumki, ko‘p yillardan buyon, ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida
|
|
|