Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Yangiliklar > Institut yangiliklari > «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bo’l
Institut yangiliklari
15.03.2012 | «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Bugun institutning 2 ma’ruzalar zalida «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

«Magistratura bo’limi» hamda «Sug’urta» fakulteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQQBB boshlig’i o’rinbosari D.Sultonov va ushbu boshqarma xodimi A.Shukurov, professor-o’qituvchilar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.


Davra suhbatida diniy ekstremizm hamda terrorizm — jamiyat barqarorligiga tahdid, terrorizmning jinoiy-huquqiy tahlili, O’zbekiston va Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar mavzularida atroflicha so’z yuritildi.


Tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar qaytardilar. Shuningdek, tadbir davomida mavzuga oid qiziqarli videofilm yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.