
«Kasb ta’limi» kafedrasi tomonidan «511 1000 — Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit)» yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalarini respublikamizdagi iqtisodiy yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kadrlar iste’molchilari bilan amaliy tadbir o’tkazildi. Amaliy tadbirda institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori U.Burxonov, kadrlar iste’molchilari sifatida taklif etilgan Toshkent shahar O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’i R.Tegay, Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji direktori X.Sa’dullaev, Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori R.Hakimov, Toshkent bank kolleji direktori A.Mahmudov, Toshkent iqtisodiyot kolleji direktori X.Muhitdinov, Toshkent soliq kolleji direktori muovini Sh.G’afforov, Toshkent tijorat va tadbirkorlik kolleji direktori muovini X.Abdulazizova va institutning «Moliyaviy menejment» fakulteti dekani F.Babashev, Marketing bo’limi boshlig’i K.O’razaliev hamda «Moliyaviy menejment» fakulteti bitiruvchi kurs MKT-60, MKT-61, MKT-64 va MKT-65 guruh talabalari ishtirok etishdi.

Amaliy tadbirni institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori U.Burxonov olib bordi. Tadbirda A.Mahmudov, R.Hakimov va X.Muhitdinovlar o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimi, o’zlari rahbarlik qilayotgan kollejlar faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdilar. So’ngra O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’i R.Tegay va kollej direktorlari talabalar tomonidan berilgan moliya-iqtisod yo’nalishidagi kollejlar faoliyati, ularda olib borilayotgan o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ishga joylashish uchun hujjatlar, amaliyotni o’tash jarayonida bajarilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalar, kasb-hunar kollejlarida o’qitilayotgan fanlar, ishga joylashish bo’yicha mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlari haqidagi savollarga batafsil javob berishdi.

Amaliy tadbirda «Kasb ta’limi» kafedrasi mudiri M.To’laboev va fakultet hamda kafedra a’zolari faol ishtirok etishdi.

Tadbirda muhokama qilingan masalalar bo’yicha tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.


|