Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > Institutda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — yoshlarni ish o’rinlari bilan ta’minlashning aso
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Institut yangiliklari
20/12 2011 | Institutda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — yoshlarni ish o’rinlari bilan ta’minlashning asosiy manbai» mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilda mustaqil O’zbekistonimiz o’zining 20 yilligini nishonladi. Bu davr ichida hukumatimiz, xususan hurmatli Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, aholini ijtimoiy himoyalash, mamlakat moliya tizimini sog’lomlashtirish borasida samarali chora-tadbirlar olib borildi.

Joriy yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi ham shular jumlasidandir. Kichik biznes sub’ektlarini faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda, sababi kichik biznes va xususuiy tadbirkorlikni keng yo’lga qo’yish avvalambor aholi turmush darajasini oshishiga, ish bilan band aholini ko’payishiga va ishsizlik muammosini bartaraf etishga sabab bo’ladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ko’plab malakali kadrlarni ish bilan ta’minlashga erishish mumkin. Shu sababli bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda. Bandlik masalasi haqida so’z borar ekan, boshqa sohalarda bo’lgani kabi moliya sohasidagi yosh kadrlarni ish bilan ta’minlashda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
 

2011 yil 20 dekabr kuni institutda bo’lib o’tgan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — yoshlarni ish o’rinlari bilan ta’minlashning asosiy manbai» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham aynan shunga bag’ishlangan.
 

Mamlakatimiz ta’lim maskanlari ichida eng nufuzli hisoblangan, mustaqil O’zbekistonga tengdosh dunyo Oliy biznes maktablari orasida Evropa sifat belgisini olgan Respublikadagi yagona oliy o’quv yurti — Toshkent moliya instituti 1991 yili 13 may kuni tashkil etilgan bo’lib, shu kunga qadar minglab malakali mutaxassislarni etishtirib bermoqda.
 

Seminarni o’tkazishdan maqsad, kichik biznes va xususuiy tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya sohasidagi yosh kadrlarni ish bilan ta’minlanishi bo’yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, bu borada muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov belgilab bergan kontseptsiyada rejalashtirilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo’yicha fikr almashishdir.
 

Tadbirda asosiy e’tibor institut tomonidan moliya sohasida tayyorlanayotgan kadrlarni ish bilan ta’minlashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlashga, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o’rnini ko’rib chiqishga, amaliyotda mavjud muammolar echimi bo’yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.
 

Shuningdek, anjuman Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini davlat tomonidan ko’llab-quvvatlanishining ustuvor yo’nalishlari, Moliya sohasidagi malakali kadrlarni ish bilan ta’minlash masalalari, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida tutgan o’rni, Yosh kadrlarni ish bilan ta’minlashda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati, Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliya-kredit tizimini va hisob siyosatini rivojlantirish masalalari sektsiyalarida o’z ishini olib bordi.
 

Seminarda Toshkent moliya institutining sobiq talabalari, endilikda vazirliklar, qo’mitalar va boshqa idoralarning rahbar-xodimlari, etuk mutaxassislari bo’lib ishlayotgan insonlar, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari, talaba va magistrantlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
 

© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.