.aspx)
.aspx)
Yig‘ilishda Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Babashev bugungi kunda mamlakatimizda yosh mutaxassislarga, xususan, institutda bitiruvchilarga alohida e’tibor qaratilayotganligini hamda ushbu masala doimiy nazoratga olinganligini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, institut bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashish va bank sohasi bo‘yicha etuk kadrlarga ehtiyoj sezgan O‘zR Markaziy bankning ehtiyojini qondirish maqsadida ushbu anjuman o‘tkazilayotganligini aytdi.
.aspx)
O‘quv markazi direktori R.T.Shomurodov so‘zga chiqib, bitiruvchilarga bank to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi, xususan, bankning tashkil etilishi, bugungi kundagi faoliyati, O‘zbekiston bank tizimida tutgan mavqei haqida, shuningdek, bankda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ishga kirish tartiblari, moddiy rag‘batlantirish tizimi to‘g‘risida umumiy ma’lumot berib, bitiruvchilarni ishga taklif etdi.
.aspx)
Shundan so‘ng, majlis raisi, anjuman yalpi majlisining yakunlanganligini va endi bitiruvchilar kelgan vakillar bilan bevosita suhbat o‘tkazishlari va ishga joylashish yuzasidan o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
.aspx)
.aspx)
Ushbu majlisda institut bitiruvchilari UzR Markaziy bankga ishga joylashish borasida o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar olib, Markaziy bankdan kelgan vakillar bilan ishga joylashish bo‘yicha kelishib oldilar hamda 86 nafar talabgorlardan anketalar yig‘ib olindi.
.aspx)
.aspx)
.aspx)
.aspx)
|