Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > Alisher Navoiy dahosi dilimizda va tilimizda
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Institut yangiliklari
09/02 2010 | Alisher Navoiy dahosi dilimizda va tilimizda

Benazir alloma, daho ijodkor Mir Alisher Navoiy o’zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi va yorqin namoyondasidir. Haqiqattan ham, Navoiy yuksak san’at egasi, millatimizning faxr-iftixori. U kabi daholarning ijodini qadrlash, e’zozlash har birimizning burchimizdir. Shuning uchun ham, har yili 9-fevral kuni buyuk shoirning tavallud ayyomini yuksak darajada nishonlaymiz.

Bu yil ham Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligi respublikamiz miqyosida keng nishonlandi. Institutimiz faollar zalida ham “Navoiy merosi va barkamol avlod tarbiyasi» mavzusida ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanda Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor Sh.Azimov, Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor F.Babashev Respublika ma’naviyat-targ’ibot markazi rahbari o’rinbosari, taniqli adabiyotshunos Sultonmurod Olim, ushbu markazning bo’lim boshlig’i Z.o’afforova, «o’zbek va rus tillari» kafedrasi mudiri, professor N.Husanov, Ustoz-murabbiylar Kengashi raisi B.Karimov hamda institutimiz professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir mehmonlari va boshqa ishtirokchilar so’zga chiqib, Alisher Navoiy ijodi, betakror va diltortar asarlari boy ma’naviy xazina sifatida barchamizga ibrat bo’lishini ta’kidlab o’tishdi. Anjuman davomida «Boshqaruv» fakulteti BK-51-guruh talabalarining adabiiy-badiiy chiqishlari kechaga o’zgacha shukuh va ko’rk bag’ishladi.

© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.