Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > Xavfsizlik va barqarorlik omili
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Institut yangiliklari
10/02 2010 | Xavfsizlik va barqarorlik omili

10-fevral kuni «Moliya-iqtisod» fakultetining «Ma’naviyat» xonasida falsafa fanlari doktori, professor S.Raximov fakultetning 4-kurs MM-94-95-guruh talabalariga «Mafkuraviy immunitet – xavfsizlik va barqarorlik omili» mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Ochiq darsda kuzatuvchi sifatida institut ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor Sh.Azimov, «Moliya-iqtisod» fakulteti dekani, professor N.Haydarov, «Falsafa» kafedrasi mudiri, professor N.Mamatov, «Moliyachi» gazetasi mas’ul kotibi L.Baxranov, fakultet dekani o’rinbosarlari hamda «Falsafa» kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachi o’z nutqida mafkuraviy immunitet – xavf¬sizlik va barqarorlikning ma’naviy asosi ekanligi, O’zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi va tinchligi barqarorligiga jiddiy xavf tug’dirayotgan tahdidlar, milliy g’oya va mafkuraning ko’p millatli hamda ko’p konfessiyali jamiyatlar barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati, mafkuraviy himoyaning jahon tajribasi kabi masalalar haqida atroflicha so’z yuritdi. Shuningdek, tinglovchilar e’tiboriga mavzuga doir vedioko’rsatuvlarni havola qilar ekan, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, buyuk davlatchilik shovinizmi kabi global muammolar bugungi kunda O’zbekistonga ham jiddiy xavf tug’dirayotganligini, har birimiz bu kabi illatlarga qarshi mafkuraviy immunitetga ega bo’lishimiz kerakligini uqtirib o’tdi.

Ochiq darsda ma’ruzachining fikr-mulohazalari va keltirayotgan ma’lumotlariga talabalar ham o’z munosabatlarini bildirib turishdi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.