Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDU.UZGOV.UZTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > «Hisob-iqtisod» fakultetida «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘tdi
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2010
Struktura
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Intranet
Norma Hamkor
Hamkorlar
Institut yangiliklari
10/06 2010 | «Hisob-iqtisod» fakultetida «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘tdi

10-iyun kuni institutimizning «Hisob-iqtisod» fakultetida mazkur fakultetda tahsil oladigan talabalarning ota-onalari ishtirokida «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘tdi. «Ota-onalar kuni»da institut rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Alisher Vahobov, prorektorlar, dekanlar, kafedralar mudirlari, akademguruhlar murabbiylari hamda jamoatchi talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultet dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Jonpo‘lat Kudayberganov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Jumladan, Jonpo‘lat Kudayberganov o‘z so‘zida fakultetning tarixi, bugungi kuni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z institut rektori Alisher Vahobovga berildi. Alisher Vahobov fakultet faoliyati, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va ayrim muammo hamda kamchiliklar haqida batafsil so‘z yuritdi. Muammolarni hal etishda ota-onalar va institut jamoasining hamkorligi katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Ota-oanalar va institut rahbariyati o‘rtasidagi savol-javoblardan so‘ng, a’lo baholarga tahsil olayotgan, tartib-intizomli talabalarning ota-onalari tashakkkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, namunali xulqi, yuksak bilimi bilan ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan talabalar ham maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

 
 

© 1999-2009 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.