Seminarda fermerlar uyushmasi mutaxassislari yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan keng foydalanib, multimedia orqali o’ta muhim muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari to’g’risida atroflicha amaliy ma’lumotlar berdilar. Muloqotlarda kafedra professor-o’qituvchilari, bitiruvchi talabalar faol qatnashib, keng bahs-mulohazalar, savol-javoblar bilan olib borishdi.
Tadbir yakunida fakultet dekani, kafedra mudiri, professor-o’qituvchilar va talabalar mutaxassislarga minnatdorchilik bildirishib, seminar ularda yaxshi taassurot qoldirganligini ta’kidlab o’tdilar. |