-16-06-2010.aspx)
Tadbirni fakultet dekani, iqtisod fanlari doktori, professor M.Alimardonov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi. Jumladan, M.Alimardonov o‘z so‘zida fakultetning tarixi, bugungi kuni haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, so‘z o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Shoyoqubovga berildi.
Sh.Shoyoqubov fakultet faoliyati, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va ayrim muammo hamda kamchiliklar haqida batafsil so‘z yuritdi. Muammolarni hal etishda ota-onalar va institut jamoasining hamkorligi katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg‘u berdi.
-16-06-2010.aspx)
Ota-oanalar va institut rahbariyati o‘rtasidagi savol-javoblardan so‘ng, a’lo baholarga tahsil olayotgan, tartib-intizomli talabalarning ota-onalari tashakkkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, namunali xulqi, yuksak bilimi bilan ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan talabalar ham maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Tadbir so‘ngida fakultet talabalari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, qo‘shiq va raqslar hammaga birdek manzur bo‘ldi.
|