Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > «Moliya injiniringi» va «Budjet hisobi va g‘aznachilik» fakultetlarining «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Institut yangiliklari
16/06 2010 | «Moliya injiniringi» va «Budjet hisobi va g‘aznachilik» fakultetlarining «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘tdi

16-iyun kuni institutimizning «Moliya injiniringi» va «Budjet hisobi va g‘aznachilik» fakultetlarining mazkur fakultetlarda tahsil oladigan talabalari ota-onalari ishtirokida «Ota-onalar kuni» bo‘lib o‘tdi. «Ota-onalar kuni»da institut prorektorlari, dekanlar, kafedralar mudirlari, akademguruhlar murabbiylari hamda jamoatchi talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda mazkur fakultetlar dekanlari o‘z so‘zlarida fakultetlarning tarixi, bugungi kuni haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, so‘z o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Shoyoqubovga berildi.

Sh.Shoyoqubov fakultetlar faoliyati, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va ayrim muammo hamda kamchiliklar haqida batafsil so‘z yuritdi. Muammolarni hal etishda ota-onalar va institut jamoasining hamkorligi katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Ota-oanalar va institut rahbariyati o‘rtasidagi savol-javoblardan so‘ng, a’lo baholarga tahsil olayotgan, tartib-intizomli talabalarning ota-onalari tashakkkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, namunali xulqi, yuksak bilimi bilan ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan talabalar ham maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi.





 

© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.