Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
 Yangiliklar > Institut yangiliklari > «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovi o’tkazildi
Ma'lumotlar
Rektor qutlovi
Institut haqida
Sertifikatlar
Institut haqida video
Xalqaro Hamkorlik
Ilmiy ishlar
Talabalar turar joylari
Sport
Moliyachi oromgohi
Abiturient - 2011
Struktura
Birlashgan ixtisoslashgan kengash
Ilmiy Kengash
Raxbariyat
Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi
Fakultetlar
Kafedralar
Bo'limlar
Kamolot
O'quv jarayoni
Bitiruvchilar
O’quv bo’limi ishchi o’quv rejalar 2011-2012
Dars jadvali
Eng yaxshi professor-o’qituvchi tanlovi
Meyoriy hujjatlar
O'quv komplekslari
Stipendiya sovrindorlari
YADAK 2011 - 2012
Savol va javoblar
E-Kutubxona
Ishonch pochtasi
Resurslar
Milliy Qonunchilik bazasi
Institut yangiliklari
19/02 2010 | «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovi o’tkazildi

19-fevral kuni O’zbek milliy akademik drama teatrida institutimiz «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik tanlovining fakultetlararo Rektor kubogi bo’lib o’tdi. «Barkamol avlod — yurt istiqboli» shiori ostida o’tkazilgan tanlovda «Moliya»ning «Intellekt», «Boshqaruv»ning «Menejer», «Kredit»ning «Hakamlar», «Hisob-iqtisod»ning «Innovatsiya», «Soliq»ning «Bekorchilar», «Moliya injiniringi»ning «Injiniring-51» jamoalari ishtirok etishdi. E’tiborli tomoni jamoalarning chiqishlarini Respublika QVZ tanlovining nufuzli hakamlari baholab borishdi. Hakamlar orasida taniqli shoir Bobur Bobomurod, taniqli QVZchi Olim Xudoynao’arov va boshqalar bor edi.

QVZ tanlovi institut «Aristokratlar» jamoasining Respublika finaligacha chiqqanligi tasodifiy emasligini yana bir bor isbotladi. Sababi ushbu tanlovda talaba-yoshlarimiz o’zlarining iste’dodlarini har tomonlama namoyish qilishdi.

Ma’lumki, QVZda asosan, yoshlar orasida uchrab turadigan kamchilik va muammolar hazil-mutoyiba, yumor orqali ko’rsatilib, tanqid qilinadi. Hozirjavoblik, topqirlik, yuksak mahorat ishtirokchilar iqtidorining muhim jihatlari hisoblanadi.

Mazkur tanlovda talabalarimizning aktyolik qobiliyatlari yorqin namoyon bo’ldi. Tanlangan liboslar, sahna bezaklari ularning QVZga jiddiy tayyorgarlik ko’rishganligini ko’rsatdi.

QVZda 1 o’rinni «Bekorchilar» jamoasi, 2 va 3 o’rinlarni «Hakamlar» va «Innovatsiya» jamoalari qo’lga kiritishdi. G’oliblar institut tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg’a va diplomlar bilan taqdirlanishdi.


 

© 1999-2011 Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.