Taqdimotda oliy toifali kadrlarning sug’urta tizimi uchun nechog’lik zarurligi, ahamiyati, va sug’urta kompaniyalarida bo’sh o’rinlarning mavjudligi to’g’risidagi savollar ko’tarildi.
Bo’sh o’rinlarga ishga joylashish uchun qanday talablarga javob berish zarurligi to’g’risida DASK “Kafolat”ning “Xodimlar bilan ishlash va yuridik xizmati” departamenti bosh menejeri Sh.E.Yusupov batafsil to’htalib o’tdilar. Ularning fikricha ushbu sug’urta tashkiloti xodimlari har tomonlama iqtidorli, mas’uliyatli va harakatchan bo’lishlari shart. Toshkent Moliya instituti talabalarida yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning mavjudligi, ularni bo’sh o’rinlarga ishga qabul qilish ehtimoli yuqori ekanligi to’g’risida alohida to’xtalib o’tdi. “Ishonch” banklararo sug’urta kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash departamenti bosh menejeri D.X.Axrorxodjaeva, o’z so’zida TMI ni tamomlagan va hozirgi kunda ushbu sug’urta kompaniyasida faoliyat yuritayotgan kadrlar, Toshkent moliya institutining sug’urta bozori uchun asosiy kadrlar etishtirib berayotgan OTM va sug’urta tashkilotlarining ishonchli xamkori ekanligi dalilidir, deya ta’kidladi.
.aspx)
Toshkent moliya instituti raxbariyati, aniqrog’i O’quv-ishlari bo’yicha prorektor Sh.K.Shayakubov fikricha, bunday uchrashuvlar sug’urta tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o’rtasida uzviy o’zaro hamkorlikka olib kelishi va bitiruvchilarni ishga joylashtirib, ularni muvaffaqiyatlarga erishishiga olib keladi. |