Fayziev Shaxobitdin Nuritdinovich
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1952 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.
1969-1974 yillarda Toshkent Xalq xo`jaligi institutini tugatgan. 1978-1991 yillarda Toshkent xalq xojaligi instituti, Sanoatda buxgalteriya hisobi va tahlili kafedrasida assistent, aspirant, katta oqituvchi, dotsent, sirtqi-moliya iqtisod fakulteti dekani, 1991-1999 yillarda Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsenti, sirtqi moliya iqtisod fakulteti dekani, 1999-2004 yillarda Toshkent moliya instituti qoshidagi moliya bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti Moliya va kredit kafedrasi dotsenti, dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2004 yildan shu kunga qadar Toshkent moliya instituti Audit kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
1985 yilda "Ulgurji va chakana meva-sabzavot birlashmalarida tovar nobudgarchiligi hisobi va tahlilini takomillashtirish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U AQShning Vashington shahrida joylashgan Jahon banki iqtisodiy rivojlanish instituti dasturida kop marta ishtirok etgan. U TASIS va YuSAID dasturlarida trener-konsultant sifatida ishlab kelmoqda. U Buxgalteriya hisobi va Audit magistratura mutaxassisliklarining davlat talim standartini ishlab chiqishda ishtirok etgan. U davlat talim standartlariga mos keluvchi ixtisoslik fanlaridan 20 dan ortiq oquv adabiyotlarini yaratgan. U Buxgalteriya hisobi va Audit mutaxassisliklari talabalarini oqitishda axborot texnologiyalarini qollash borasida kopgina ishlarni amalga oshirgan.
2 ta darslik, 20 dan ortiq oquv va o`quv uslubiy qollanmalar, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Kafedra tarixi
Toshkent Moliya institutining Audit kafedrasi institutning yosh kafedralaridan biri bolib, u Institut rektorining 26 dekabr 2001 yildagi buyrugiga asosan 2002 yil 1 yanvarda Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tashkil etilgan.
Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashining 2005 yil 26 fevral 8-sonli qarori bilan kafedraning nomi Audit deb ozgartirildi.
2002-2004 yillarda kafedraga i.f.n., professor A.Karimov rahbarlik qilgan. 2004 yilda i.f.n., dotsent Sh.Fayziev kafedra mudiri sifatida tayinlandi.
Oquv-uslubiy ishlar
Tasdiqlangan oquv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar oqitilmoqda:

Bakalavriat
- Audit;
- Soliq auditi;
- Audit fanini o`qitish metodikasi.
Magistratura:
- Amaliy audit;
- Xalqaro audit;
- Investisiyalar auditi;
- Moliyaviy hisobot auditi;
- Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari;
- Soliq va tolovlar auditi xususiyatlari;
- Maxsus fanlarni oqitish metodikasi.
Kafedraning innovatsion faoliyati
Bakalavriatning Buxgalteriya hisobi va audit yonalishida talim olayotgan talabalar 4-kurs davomida bitiruvoldi amaliyotini otaydilar.
Amaliyot Ozbekiston Respublikasi Auditorlik tashkilotlari va Moliya Vazirligining taftish nazorat hududiy boshqarma va bolimlarida otkazilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yonalishi asosan Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat moliya tizimini takomillashtirish bolib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-oqituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan.
Hozirgi kunda har bir kafedra azosi oziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yigilishida muhokama etiladi.
2006 yil mart oyida bu izlanishlarning ilk natijalari kozga tashlandi va aynan shu kuni kafedra ilmiy izlanuvchisi A.Toychiev 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi boyicha ozining nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007 yilda ilmiy izlanuvchi A.Avlokulov ham 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi boyicha Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish, 2009 yilda Sh.Azizov Tashqi audit tekshiruvini otkazishni takomillashtirish mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2009 yilda A.Karimov Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirishning asosiy yonalishlari mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2011 yil 21 oktyabrda kafedra katta oqituvchisi S.Yuldasheva 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi boyicha Sanoat korxonalarida ekologik xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2011 yil 23 dekabrda kafedra katta oqituvchisi O.Astanakulov 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi boyicha Funktsional qiymat tahlilini takomillashtirish yonalishlari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishi moljallangan.
Hozirgi kunda kafedra oqituvchilaridan O.Masharipov Boshqaruv hisobida Standart-kost tizimi boyicha xarajatlar hisobi va ogishlar tahlilini takshil etishni takomillashtirishning asosiy masalalari, I.Qoziev Auditorlik hisobotlarini tuzish va taqdim etish metodologiyasini takomillashtirish, A.Avloqulov Moliyaviy natijalar hisobi va auditi uslubiyatini takomillashtirish mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlamoqda.
Boglanish uchun malumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh kochasi 60a uy.
Tel: (99871) 2358077
E-mail: depaudit@tfi.uz |