Norqobilov Soatmurod Xursandovich
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1958 yilda Surxondaryo viloyati Termiz tumani xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Oliy ma’lumotli. Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlab iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo’lgan.
S.X.Norqobilov mehnat faoliyatini 1981-1985 yillar mobaynida SSSR Davlat bankining O’zbekiston Respublikasi idorasida Qishloq Xo’jaligini Kreditlash Boshqarmasida etakchi iqtisodchi sifatida boshlagan.
Shuningedek, S.X.Norqobilov 1985-1987 yillarda TXXI "Pul muomalasi va Kredit" kafedrasida asistent, 1987-1990 yillarda esa Moskva Moliya Akademiyasida aspirant va 1990-1993 yillarda Toshkent Moliya institutida dotsent lovozimida faoliyat ko’rsatib keldi.
Mehnat faoliyatini davom ettirib, S.X.Norqobilov 1993-1995 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori sifatida, 1995-2000 yillarda O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori, 2000-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank O’quv markazi direktori vazifalarida ishlab keldi.
S.X.Norqobilov 2006 yildan boshlab Toshkent Moliya instituti "Bank ishi" kafedrasining mudiri lavozimida ishlab iqtisodchilar va iqtisodchi olimlarga ustozlik qilib kelmoqda.
S.X.Norqobilov tomonidan hozirgi kunga qadar 200 bosma taboqga yaqin jumladan, o’nga yaqin o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqala va tezislar chop etilgan.
Bundan tashqari 2008 yildan buyon OATB “Hamkorbank” Bank Kengashi a’zosi. Shuningdek, 2011 yilda Toshkent Moliya instituti va OATB “Hamkorbank” o’rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlashda ko’rsatgan xizmatlari munosib taqdirlanib “Tashakkurnoma” bildirildi.
Kafedra tarixi
“Bank ishi” kafedrasi 30— yillarda O’rta Osiyo Moliya Instituti tashkil etilishining birinchi yillarida “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi nomi bilan ochilgan, keyinchalik Toshkent Xalq xo’jaligi institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi deb nomlangan. 1991 yilda Toshkent Moliya Instituti tashkil etilishi bilan bu kafedra shu institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi. 1996 yilda kafedraga “Bank ishi” kafedrasi nomi berildi. “Bank ishi” kafedrasi 70 yildan ortiq tarixga ega bo’lib, uning asoschilari jahon iqtisodiy fanidan mashxur bo’lgan olimlar: professor Yu.E.Shenger, N.N.Shabanovalar hisoblanadi. Respublikamizda “Bank ishi” sohasini o’rgatishda faol ishlagan va ishlayotgan olimlar: professor M.S.Angelidi, S.A.Berjanov, I.V.Shanchenko, V.A.Ten, X.K.Kashapovlar va boshqalar, shu kafedraning faxrli a’zolaridir.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedra o’z faoliyati davomida respublikamiz bank va moliya tizimi uchun etuk mutaxassislarni, shuningdek, o’z sohasini mukammal o’zlashtirgan pedagok-olim va faol iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 14 ta professor-o’qituvchi bakalavriatda 6 ta fandan, magistratura yo’nalishlarida esa 7 ta fandan dars mashg’ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada etakchi professor-o’qituvchilardan Sh.Z.Abdullaeva, Z.Xolmaxmadov, S.Norqobilov, T.Boboqulov, F.Mirzaev, B.Berdiyarov, O.Sattarov, D .Saidov, I.Qulliev va boshqalar talaba va magistrlarga bilim berib kelmoqda.
Xozirgi kunda kafedrada 4 nafar professorlar, 15 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, 15 dan ortiq katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavr tayyorlash bo’yicha «Bank ishi» yo’nalishidan va magistratura bo’limi bo’yicha 5 ta mutaxassisliklardan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, kafedra tomonidan o’qitilayotgan mutaxassislik fanlari malakali professor-o’qituvchilar hamda ishlab chiqarishdan jalb etilgan mutaxassislar tomonidan so’nggi pedagogtk texnologiyalar asosida olib borilmoqda.
Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan Davlat ta’lim standartlari talabiga asosan, magistratura bo’yicha 6 ta fandan namunaviy o’quv dasturi va ishchi o’quv dasturlari tayyorlandi va nashrga topshirildi.
Hozirgi kunda tasdiqlangan o’quv rejaga asosan kafedra tomonidan bakalavr va magistraturada 13 ta fandan ma’ruza hamda amaliy darslar olib borilmoqda.Jumladan:

Bakalavriat:
- Bank ishi;
- Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish;
- Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari;
- Bank menejmenti va marketingi;
- Pul, kredit va banklar;
- Bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari.
Magistratura:
- Bank risklari;
- Monetar siyosat;
- Xorijiy mamlakatlarda bank ishi;
- Tashqt iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari;
- Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar;
- Kredit mexanizmi va uning elementlari;
- Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish.
Kafedraning innovatsion faoliyati
Kafedra professor-o’qituvchilari ta'lim jarayoni davomida multimedia vositalaridan keng foydalanib kelinmoqda, jumladan har bir mavzu bo'yicha taqdimotlar, jadvallar, slaydlar va zaruriy ish o;yinlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar hamda ko'rgazmali qurollardan qo'llaniladi.
Aytib o’tish joizki, professor-o’qituvchilar doimiy ravishda o’z malakalarini nafaqat Respublika, balki chet el davlatrarida ham oshirib kelmoqdalar. Jumladan, 2010 yilda i.f.n.,dots.S.Norqobilov Angliya,i.f.n.O.Ortiqov Hindiston, k.o’q.Sh.Davirova Germaniya, 2011 yilda i.f.n.,dots. O.Sattarov Rossiya kabi davlatlarining nufuzli universitetlarida o’z malakalarini oshirib keldilar.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar etuk professor olimlar ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 60% dan oshganligi ko’rishimiz mumkin.
Kafedra professor-o’qituvchilari Respublikaning xo’jalik shartnomalari asosida turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. O.Sattarov, S.Norqobilov, I.Jo’raev, A.Absalomov, X.Almatovlar “O’zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslari” grantida ishtirok etmoqdalar.
2008-2011 yillar davomida D. Saidov, O.Sattarov, O.Ortiqov, M.Abdirimov, I.Qulliev, O’.Abdullaev, I.Rahmonovlar nomzodlik dissertatsiyalarini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedra a’zolaridan M.Egamova, S.Kotlyarovalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.
O’tgan 2010-2011 o’quv yili davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda monografiyalar chop etildi, masalan:
- D.Saidov va boshqalar “Pul va pul muomalasi”, 2010 y.
- O.Sattarov “Tijorat banklari likvidligini boshqarish”, 2011 y.
- O.Sattarov “GEP va uni boshqarsh”, 2011 y.
- O.Sattarov “Sekyuritizatsiya”, 2011 y.
Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator darslik va o’quv qo’llanmalar nashriyotgka chop etish uchun taqdim etilgan.
Kafedrada doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini muhokama qilish maqsadida xar oyda ikki marotaba ilmiy seminarlar o’tkazilib kelinmoqda. Kafedra tomonidan uyushtirilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ko’plab ilmiy izlanuvchilar, talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, konferentsiya materiallari to’plam shaklida chop etiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlari
“Bank ishi ” kafedrasi 2011-2012 o’quv yili uchun tasdiqlangan reja asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilardan 10 nafari 4-kurs talabalariga tasdiqlangan ish rejalari asosida murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida “Kasb madaniyati va mahorati”, Ustoz-shogird" mavzularida misol uchun, 2011 yilning 10 sentyabrida "Mikrokretditbank"ning maslahatchsi A Qodirov, shu yilning 8 oktyabr va 12 noyabr kunlarida KAMI direktori N.Xolmurod, 1 dekabrda ATIB “Ipoteka bank” “Risklarni boshqarish”departament direktori G’.Xalilov bilan davra suhbati o’tkazildi.Shuningdek,talabalar turar joyida “Kafedra xaftaliklar” o’tkazildi.Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan joylariga talabalar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy.
Tel: (99871) 2344342
E-mail: norqobilovsx@tfi.uz |