Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Banklarda buxgalteriya hisobi va audit
Banklarda buxgalteriya hisobi va audit

Qoraliyev To'raboy Mamatqulovich

iqtisod fanlari nomzodi, professor

1975 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini "a'lo" baholarga tugatib, 1975-1981 yy. — Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Pul muomalasi" kafedrasi assistenti bo'lib, 1981-1984 yy. — Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan, 1984-1985 yy. — Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Pul muomalasi" kafedrasi assistenti, 1985 yildan ushbu kafedra dotsenti sifatida ishladi. 1989-1991 yy. — Toshkent xalq xo'jaligi instituti "Moliya va kredit" fakulteti dekani, 1991-1996 yy. — Toshkent moliya instituti "Pul muomalasi va kredit" kafedrasi professori, Kredit-iqtisod fakulteti dekani, 1996-1997 yy. — O'zbekiston Bank-moliya akademiyasi "Bank ishi" fakulteti dekani, 1997-2000 yy. — O'zbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruv raisi o'rinbosari, 2001-2006 yy. — O'zbekiston Aktsionerlik tijorat Tadbirkorbank raisi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. 2006 yildan — Toshkent Moliya instituti "Bank ishi" kafedrasi professori, 2007 yil noyabrdan buyon "Banklarda buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professori va kafedra mudiri lavozimida ishlaydi. T.Qoraliev 10 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalarga rasmiy opponentlik qilgan. Respublika, Xalqaro ilmiy konferentsiyalarda qatnashgan va ma'ruza qilgan. Bugungi kunga qadar 200 bosma taboqdan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

Kafedra tarixi

"Banklarda buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi 2007 yil dekabr oyidagi institut rektorining buyrug'i asosida "Bank ishi" kafedrasi negizida tashkil topgan bo’lib, 2008 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat boshlagan. Tashkil etilganidan buyon kafedrada bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.


 

O’quv-uslubiy ishlar

Hozirgi kunda kafedraning asosiy shtatdagi 17 ta professor-o’qituvchi bakalavriatda 5 ta fandan, magistratura yo’nalishlarida esa 7 ta fandan dars mashg’ulotlarini olib bormoqdalar. Kafedrada etakchi professorlar sifatida T.Qoraliev, E.Qodirov, U.Ortiqovlar doimiy ravishda iqtisodiyotning eng dolzarb masalalari bo’yicha Respublikaning taniqli iqtisodchilari ishtirokida talabalarga ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, muammoviy va ochiq ma’ruzalarni tashkillashtirib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan, 10 taga yaqin ilmiy izlanuvchilar ilmiy ishi ustida faoliyat olib bormoqdalar. Respublikaning xo’jalik shartnomalari asosida kafedraning professor-o’qituvchilari turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. Shular jumlasiga, K.Navro’zova, I.Murugova, N.Ernazarov, A.Omonov va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:

Bakalavriat:

  • "Pul, kredit va banklar";
  • "Bank statistikasi";
  • "Tijorat banklari faoliyati tahlili";
  • "Banklarda buxgalteriya hisobi va operativ texnika";
  • "Bank auditi".

Magistratura:

  • "Pul, kredit va banklarning dolzarb muammolari";
  • "Bank hisobi va to'lov tizimi";
  • "Xalqaro amaliyotda bank nazorati";
  • "Bank nazorati va tahlili";
  • "Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi";
  • "Markaziy bank buxgalteriya hisobi";
  • "Tijorat banklari ichki va tashqi auditi".

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedra professor-o’qituvchilari ta'lim jarayoni davomida multimedia vositalaridan keng foydalanib kelinmoqda, jumladan har bir mavzu bo'yicha taqdimotlar, jadvallar, slaydlar va zaruriy ish o’yinlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar hamda ko'rgazmali qurollardan qo'llaniladi.

Aytib o’tish joizki, professor-o’qituvchilar doimiy ravishda o’z malakalarini nafaqat Respublika, balki chet el davlatrarida ham oshirib kelmoqdalar. Jumladan, 2010 yilda ass. M.Abduraxmanova Germaniya, ass. R.Allaberganov Hindiston, 2011 yilda ass.M.Zaxirov Xitoy kabi davlatlarining nufuzli universitetlarida o’z malakalarini oshirib keldilar.
 
 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada bir qator ilmiy izlanuvchilar etuk professor olimlar ilmiy rahbarligi ostida izlanishlar olib bormoqda. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 56% dan oshganligi ko’rishimiz mumkin.

Kafedra professor-o’qituvchilari Respublikaning xo’jalik shartnomalari asosida turli grantlarda ishtirok etmoqdalar. A.Omonov, N.Ernazarovlar “Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarish va rivoshjlantirish” grantida, K.Navro’zova va I.Murugovalar “ Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish sifatida” grantida ishtirok etmoqdalar. 2008 yilida kafedra dotsenti K.Navro’zova “Fond Forum.uz” ta’lim grantini yutib olishga muyassar bo’lgan.

O’tgan yili davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda monografiyalar chop etildi, masalan:

  • Yo.Abdullayev, T.Qaraliyev, Sh.Toshmurodov, S.Abdullayeva “Bank ishi”, 2010 y.
  • I.Murugova “Операционная техника и учёт в банках”, 2010 y.
  • T.M.Qaraliyev, K.A.Muxamedjanov “Пути совершенствования управления кредитным портфелем и кредитными рисками коммерческого банка”, 2011 y.

Kafedrada doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini muhokama qilish maqsadida xar oyda ikki marotaba ilmiy seminarlar o’tkazilib kelinmoqda. Kafedra tomonidan uyushtirilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ko’plab ilmiy izlanuvchilar, talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, konferentsiya materiallari to’plam shaklida chop etiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Professor-o’qituvchilar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo’lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.



Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy.

Tel.: (99871) 2340719

E-mail: allaberganovrk@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.