Xodjayev Rixsivoy Sultonmuradovich
iqtosod fanlari nomzodi, профессор
Xodjayev R.S. 1951 yil 6 martda Toshkent viloyati, Toshkent rayonida tavallud topgan. 1969-1970 yillar Toshkent avtomobil zavodi chilangar, 1970-1972 yillar harbiy xizmatda, 1973-1976 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi, 1976-1982 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti assistenti, 1982-1987 yillar Moskva umumittifoq qishloq xo’jaligi ilmiy-iqtisod instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, 1987-1991 yillar Toshkent xalq xo’jaligi instituti dotsenti, 1991-2001 yillar Toshkent moliya instituti «Tarmoqlar moliyasi» kafedrasi dotsenti, «Investitsiyalar va qimmatbaho qog’ozlar» kafedrasi mudiri, 2001-2003 yillar Soliq va bojxona organlari akademiyasi, «Moliya va kredit» kafedrasi boshlig’i, 2003-2005 yillar Davlat soliq qo’mitasining Soliq akademiyasi «Moliya va kredit» kafedrasi mudiri.
Kafedra tarixi
“Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi 2005 yilda Toshkent Moliya Institutining “Biznes va boshqaruv” sohasida kadrlar tayorlashni munosabati bilan “Makro va mikroiqtisodiyot” kafedrasinig bazasida tashkil etilgan va uning Ustavi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy uslubiy kengashning 2005 yil 14 fevraldagi 4-sonli yig’ilishida tasdiqlangan. 2011 yil 10 oktyabrdagi 248-sonli TMI Rektorining “Institut tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi buyruq’iqa asosan kafedra “Biznes va tadbirkorlik” deb nomlandi.
Kafedra o’z faoliyati davomida respublikamizning iqtisodiyot tizimi uchun etuk mutaxassislarni, shuningdek, o’z sohasini mukammal o’zlashtirgan pedagog-olim va faol iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda. Xozirgi kunda kafedragda 12 ta shtat birligi bo’lib, shunga mos ravishda professor— o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi, professor, 2 ta fan nomzodi, dotsentlar va 6 ta katta o’qituvchi va assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50% ni tashkil etdi.

O’quv-uslubiy ishlar
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
- “Makroiqtisodiyot”
- “Mikroiqtisodiyot”
- “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
- “Kichik biznes va tadbirkorlik”
- “Korhona iqtisodiyoti”
- “Kichik biznesni boshqarish”
- “Xalqaro biznes”
- “Biznes strategiyasi”
Kafedrada o’qitilayotgan fanlardan ishchi o’quv dasturlar, ma’ruza matnlari, seminar mashg’ulotlari va talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, «yozma ish» variantlari va boshqa zarur materiallarni o’zida jamlagan o’quv — uslubiy majmualar, ma’ruza va seminar mashg’ulotlarining pedagogic texnologitalari ishlab chiqilgan.
Talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish maqsadida kafedrada o’qitiladigan fanlardan darsliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlashga alohida ahamiyat beriladi.

Kafedraning innovatsion faoliyati:
Bakalavriatning “Biznesni boshqarish” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar oqish jarayonida olgan nazariy bilimlarini 3-kursda amaliyotda mustahkamlaydilar. Amaliyot ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklarida, kichik korxona va firmalarda o’tkazilmoqda.
Bugungi kunda korxonalar ilmiy-texnologik muammolari bo’yicha shartnoma asosida «Goodfood» ko’p tarmoqli xususiy korxonasi bilan kafedra “Internet tarmog’idan tadbirkorlik maqsadida foydalanish yollari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy loyiha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan:
1. A-1-288 Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy muammolari. 1.01.06 — 1.01.08. Fan texnologiyalar markazi.
2. A-1-290 Ipoteka krediti aholi turmush darajasini oshirish faktori sifatida. 1.01.2006 — 1.01.2008. Fan texnologiyalar markazi.
Undan tashqari, kafedra professor -o’qituvchilari tomonidan ko’plab ilmiy maqola, tezislar jurnal va ilmiy-amaliy konferentsiya to’plamlarida chop etilgan, kafedraning ilmiy seminarida doimiy ravishda ilmiy nutqlar qilinadi.
Kafedrada 20 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini muhokama qilish uchun ilmiy seminarlar o’tkaziladi va ularga ilmiy taqrizlar berildi, shuningdek o’quv adabiyotlari va boshqa ilmiy-uslubiy ishlar uchun ham taqrizlar berildi. Kafedra tomonidan uyushtirilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ko’plab talabalar ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishdi va konferentsiya materiallari to’plam shaklida chop etildi.
Kafedrada ma’naviy — ma’rifiy ishlar bo’yicha kafedraning 6 nafar professor — o’qituvchisi Ustoz— murabbiylik faoliyatini olib bordilar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalar bilan turli mavzularda suhbatlar o’tkazildi, ularni turli ommaviy tadbirlarga olib borildi, tashkil etilgan turli ko’rgazmalarga ekskursiyalar uyushtirildi. Jumladan, 2011 yil 14 sentyabrda «Manaviyat insoning ulg`ayish va kuch qudrat manbayidir» mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi. 24 oktabr kuni «Bydjet hisobi va davlat jamg`armalari» fakuliteti talaba yoshlari va bir qator mutahasis ishtirokida “Sog`lom turmush tarzi” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi. 30 Noyabr kuni “Byudjet Hisobi va davlat jamg’armalari” fakultetining majlislari zalida “Kafedra haftaliklari” doirasida “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasining tashabbusi bilan “Yosh avlod kamoloti — sog’lom turmush”, 1 — Dekabr kuni Toshkent Moliya Institutining 1 — sonli talabalar turar joyida kafedra tamonidan “Odam savdosi global muammo” mavzusida ma’naviy — ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.
Tel: (99871) 2357622
E-mail: depbiznes@tfi.uz |