Mehmonov Sultonali Umaralievich
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1974 yil 27 avgustda tug’ilgan. 1996 yilda Toshkent Davlat Agrar universiteti Buxgalteriya hisobi fakultetini tamomlagan, “Buxgalteriya hisobi va moliya bo’yicha iqtisodchi” mutaxassisligiga ega bo’lgan. 2002 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 2009 dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan.
2010 yil 10 fevraldan shu vaqtgacha “Byudjet hisobi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat qilib kelmoqda. Ilmiy — pedagogik faoliyat bilan birga 2004-2010 yillar davomida byudjet tashkilotlarida bosh buxgalter lavozimlarida ishlab kelgan.
Chop etilgan o’quv ilmiy, uslubiy ishlar soni 50 dan ortiq bo’lib shulardan 2 ta o’quv qo’llanma, 5 ta o’quv-uslubiy qo’llanma tashkil etadi.
“Byudjet hisobi” o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 17 sentyabr 2011 yildagi 392-sonli bo’yrug’iga asosan nashr qilishga tavsiya qilingan. “G’azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi (OAK byulletenida e’lon qilingan) doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Uning raxbarligida 2 ta mustaqil tadqiqotchi iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ustida ishlamoqda.
Kafedra tarixi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 30 dekabrdagi 87-01-836— sonli xatiga, 2010 yil 29 yanvardagi institut Ilmiy Kengashining 6-sonli yig’ilishi qaroriga hamda institut rektorining 2010 yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrug’iga asosan Respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirish borasida byudjet tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj, Toshkent moliya institutida 2009/2010 o’quv yilidan boshlab “Byudjet hisobi va nazorat” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashning yo’lga qo’yilishi, ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi, professor-o’qituvchilar salohiyati hamda mazkur yo’nalish bazasida magistratura mutaxassisliklarini ochish imkoniyatlaridan kelib chiqib, institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi negizida “Byudjet hisobi” kafedrasi tashkil etilgan.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedrada yangi klassifikatorga muvofiq Respublika byudjet hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar talablari bo’yicha “Byudjet hisobi va nazorati“ mutaxasasisliklari bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, o’quv dasturlari ishlab chiqilgan. Shuningdek fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar hamda fanlarning innnovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan uslubiy qo’llanmalari ishlab chiqilgan.
Kafedra professor — o’qituvchilari tomonidan 2 yil davomida 40 dan ortiq o’quv, ilmiy, uslubiy ishlar chop ettirilgan.
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat:
- Byudjet hisobi;
- Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi;

- G’aznachilikda buxgalteriya hisobi;
- Davlat maqsadli jamg’armalarida buxgalteriya hisobi;
- Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi;
- Buxgalteriya hisobi nazariyasi;
- Moliyaviy hisob;
- Boshqaruv hisob;
- Moliyaviy va boshqaruv hisobi;
- Buxgalteriya hisobi va uni o’qitish metodikasi.
Magistratura:
- Byudjet hisoboti;
- G’aznachilikda buxgalteriya hisobi;
- Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi.
Xozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda 8 ta professor o’qituvchi o’quv — uslubiy faoliyat bilan shug’ullanayotgan bo’lib ular — kafedra mudiri dotsent S.U.Mehmonov, dotsent vazifasini bajaruvchilar Sh.V. G’aniev, N.X. Bo’rieva, katta o’qituvchilar X.N.Iskanov, Q.X.Hatamov, o’qituvchilar G.P.Raxmonova, A.A.Ostanaqulov, K.Sh.Ibragimovlardan iborat.
Kafedraning innovatsion faoliyati
Kafedrada innovatsion gurux tashkil etilgan bo’lib, byudjet tashkilotlariga konsultatsion xizmatlar ko’rsatilmoqda, uslubiy tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning dolzarb masalalari” mavzusida byudjet tashkilotlari bosh hisobchilari uchun o’quv-seminarlari tashkil etilmoqda. Bulardan tashqari kafedra negizida “Byudjet tashkilotlarida buxgaletriya hisobini yuritishning xususiyatlari” pullik ta’lim hizmati shaklida o’quv kursi faoliyat ko’rsatmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo’nalishi “Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida byudjet hisobini tashkil etishning ilmiy uslubiy asoslarini takomillashtirish” hisoblanadi. Kafedra 2012-2016 yillarga mo’ljallangan Fundamental va 2012-2014 yillarga mo’ljallangan Amaliy tadqiqotlar hamda 2012-2013 yillarda bajariladigan yosh olimlarning fundamental va amaliy dasturlar doirasida loyixalar tanlovida faol ishtirok etdi. Xozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta doktorlik dissertatsiyasi 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib borilmoqda.
Kafedrada “Yosh byudjetchi” iqtidorli talabalar ilmiy to’garagi faoliyat qilmoqda.
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, Toshkent sh., Yunusobod t, Amir Temur ko’cha 65 “A” uy.
Telefon: (99871) 2352387
E-mail: depbudhisob@tfi.uz, mexmanovsu@tfi.uz |