Rasulev Erkin Xasanovich
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
1955 yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan. 1978 yilda Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti falsafa bulimini bitirgan. 1983-yilda «Nazariya va usulning ilmiy bilishda uzaro alokadorligi» mavzusida falsafa fanidan nomzodlik dissertatsiyasini muvafakiyatli ximoya kilgan. 1990-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bulgan. 1997-1998 yillarda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurish akademiyasida xalkoro munosabatlar mutaxasisligi buyicha magistr darajasini olgan.
2004-2010 yillarda Toshkent moliya instituti «Falsafa» kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelgan. 2010-yildan «Falsafa» kafedra mudiri, 2011-yildan «Falsafa va O’zbekistonda demakratik jamiyatni qurish nazariyasi va amalyoti» kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Dotsent E.X. Rasulev tomonidan 1ta monografiya, 2ta o’quv qo’llanma, 1ta uslubiy qo’llanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etgan.
“Falsafa va O’zbekistonda demokratik jamiyatni qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedra tarixi
1991 yil Toshkent Moliya instituti tashkil topishidan falsafa kafedrasi ham tashkil etilgan. Falsafa kafedrasidan institut tashkil topgan davrdan bir nechta kafedra ajralib chiqqan: “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi, “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi. Toshkent Moliya institutining “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi 2011 yildan kafedraning rasmiy nomi “Falsafa” va “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”dir. 1991 yildan 2010 yilgacha kafedraning mudiri falsafa fanlari doktori, professor N.Mamatov bo’lgan. Bugungi kunda kafedraning mudiri falsafa fanlari nomzodi, dotsent E.Rasulev. Kafedrada 23 ta professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Shulardan: 3 ta fan doktori professor, 7 ta fan nomzodi dotsent, 3 ta fan nomzodi, 10 nafar katta o’qituvchi va 2 ta assistent faoliyat yuritmoqda.
O’quv-uslubiy ishlar:
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat:
- Xuquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- Falsafa (etika, estetika, mantiq);
- Dinshunoslik;
- Sotsiologiya;
- Jinoyat xuquqi va protsessi
- Xo’jalik (tadbirkorlik) xuquqi
- Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar
- Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
Magistratura:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Fanning falsafiy masalalari
- Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar

Kafedraning innovatsion faoliyati:
Bakalavriatning 1 kurs barcha yo’nalishlari uchun “Xuquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fanidan, 4 kurs barcha yo’nalishlari uchun “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan, magistraturaning 1 kurs barcha mutaxassisliklari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan ma’ruzalar multimedia asosida tashkil etilgan.
Ilmiy-uslubiy ishlari:
Kafedra professor-o’qituvchilari o’qitiladigan fanlar bo’yicha 3 darslik, 15 ortik o’quv qo’llanma, 10 uslubiy qo’llanmalar yaratdilar: xususan — Raximov S. “Milliy istiqlol g’oya”. O’quv qo’llanma. T.2010 (hammualiflikda), Mamatov N., Abduxalikov J., Juraev Sh. “Mantiq”. O’quv qo’llanma. T.2010, Norboev T. “Milliy g’oya va mafkura”. O’quv qo’llanma. T. 2010 (hammualiflikda), R.Umarova “Sotsiologiya”. O’quv qo’llanma. T.2010
Ilmiy-tadqiqot ishlari:
Kafedraning professor-o’qituvchilari oxirgi yillarda 600 dan ortiq ilmiy maqola, monografiyalar va risolalarni chop etdilar: xususan — Z.Davronov “Fan, ta’lim, ma’naviyat fidoyilari”. T.: 2011; Norboev T. “Fuqarolik jamiyati: ijtimoiy falsafiy ildizlari”//T.Akademiya 2008, Rasulev E, “Nauka kak sotsialniy institut”.// “Falsafa va xukuk”. №1.2009, Abdullaeva G. “Globallashuv va intelektual resurslar”//“Muhofaza” №4. 2009.
Ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar:
Kafedra a’zolari an’ana shaklida har o’quv yilida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy va diniy mavzular bo’yicha kafedra xaftaliklarini talabalar uylarida va institut fakultetlarida o’tkazib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedraning etakchi professor-o’qituvchilari respublikaning turli viloyatlarida bo’lib, aholi o’rtasida respublikaning ichki va tashqi siyosatiga taalluqli mavzularida ma’ruzalar o’qiydilar. Tajribali professor-o’qituvchilar respublika miqyosidagi o’quv markazlarida ma’ruzalar o’qiydilar.
Kafedraning professor-o’qituvchilari institutda olib borilayotgan barcha tashkiliy ishlarida faol ishtirok etadilar. Ular tomonidan Respublikada ko’zga ko’ringan olim, shoir, ma’sul xodimlar, Oliy Majlis deputatlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu ishlarni samaradorligini yanada oshishiga kafedraning professor-o’qituvchilari S.Raximov, Z.Davronov, E.Rasulev, X.Ergashev, A.Raxmonov va boshqa professor-o’qituvchilari faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shox ko’chasi 60A uy.
Tel: (99871) 2351664
Email: rasulovex@tfi.uz |