Abdalova Zulhumor Tairovna
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent
1960 yil 15 noyabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida tavallud topgan.
1978— 1983 yillarda Toshkent Davlat universitetining Geografiya fakulьtetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1985 — 1991 yillarda Tosh DUning kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan.
2002-2005 yillar davomida Toshkent Moliya Institutini “Loyixalarni moliyalashtirish” bakalavriat yo’nalishini tugatgan.
1991-1997 yillarda TashDUning “Iqtisodiy va iqtimoiy geografiya” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlagan.
1995 yilda “Quyi Amudaryo rayoni shahar joylarining iqtisodiy— ijtimoiy rivojlanishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1997 yildan hozirgi paytgacha Toshkent Moliya instituti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasida dotsent lavozimida, 2011 yil mart oyidan boshlab esa, shu kafedrada kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.
2005 yilda Germaniyaning Freyburg shahrida bo’lib o’tgan ta’lim tizimining dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy konferentsiyada ishtirok etgan.
2006 yilda AQSH ni Boston shahrida “International school” til markazida tahsil olgan va sertifikatga ega bo’lgan.
SHu kungacha 40 dan ortiq ilmiy maqololar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar muallifi.
Kafedra tarixi:
Respublikamizda mintaqaviy iqtisod fanini rivojlantirish va zamon talabi nuqtai nazaridan, Toshkent Moliya institutida “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi 2008 yilda “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” kafedrasi bazasida tashkil topadi. Bu kafedra sobiq Toshkent xalq xo’jaligi intitutining eng keksa kafedralaridan biri bo’lib, 1935 yilda iqtisod fanlari doktori, professor A.S.Kastyak tomonidan tuziladi. Keyinchalik kafedraning mudiri, uzoq yillar davomida i.f.d. professor A.A. Azatyan, 1987 yilda i.f.d. prof.Q.N. Abirqulov boshkargan. Toshkent Moliya instituti tashkil etilgandan so’ng,
kafedra mudiri lavozimida 1991-2002 yillargacha g.f.n. dots. S.O.Safarov, 2002-2007 yillarda g.f.n. dots. SH.A.Azimov, 2007-2011 yillarda katta o’qituvchi I.A.Abulqosimov va xozirgi paytda esa kafedrani g.f.n. dots. Z.T.Abdalova boshqarmoqda.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi yetuk ilmiy salohiyatga ega bo’lib, 2 ta fan doktori va 8 ta fan nomzodi ilmiy-pedogogik faoliyat olib borishmoqda. SHuningdek, bir nechta kafedra o’qituvchilari “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo’nalishi bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida turishibdi. Kafedra “Mintaqaviy siyosat”, “Mintaqalar iqtisodi”, “Mintaqalar iqtisodiy salohiyotini baholash”, “Tabiatdan foydalanish iqtisodi” yunalishlarida ilmiy— tadqiqot ishlari olib bormoqda .
O’quv uslubiy ishlar:
Kafedrada ilmiy metodik ishlar ham yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubi adabiyotlar va fanlar bo’yicha zamonaviy o’quv texnologiyalar tayyorlangan. Jumladan, dots. SH.A Azimov tomonidan “Amaliy geografiya” darsligi va “O’zbekiston geografik atlasi” ilmiy-uslubiy qo’llanmasi, dots. Abdalova Z.T. tomonidan “Iqtisodiy geografiya” fanidan mustaqil ishlarni tayyorlashga oid uslubiy qo’llanma, dots. M.Tojiev tomonidan «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» darsligi, dots.Tojiev M va Ilhomov M. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan rus va o’zbek tillaridagi o’quv qo’llanmasi, Rasulov. J “Zamonaviy tabiyot bilimlar kontsepsiyasi” fani bo’yicha o’quv qo’llanmalari va boshqalar tayyorlangan. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Mintaqaviy va xalqaro iqtisodiyot” fanidan o’quv darslik tayyorlangan.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat
- “Iqtisodiy geografiya va ekologiya”,
- “Milliy va xalqaro iqtisodiyot”,
- “Hayot faoliyati xavfsizligi”,
- “Zamonaviy tabbiyot bilimlari kontseptsiyasi” fanlari I, II va IV bosqich talabalariga o’qitiladi.
Kafedraning innovatsion faoliyati:
Kafedraning olib borayotgan ilmiy— tadqiqot yo’nalishlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va mintaqalar taraqqiyoti nuqtai nazaridan quyidagi uslubiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan :
- Alohida mintaqalarning iqtisodi;
- Mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
- Mintaqaviy tizimlar
- Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish
- Iqtisodiyotning mintaqaviy jihatlari
- Mintaqaviy boshqarishning modellashtirish tizimi.
Ilmiy tadqiqot ishlari:
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ham kafedrada yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedrada rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlariga asosan tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish yaxshi yo’lgan qo’yilgan.
Kafedrada har oyda ilmiy seminarlar tashkil etilgan bo’lib, unda mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb muammolari va fanlar bo’yicha o’qitiladigan ma’ruzalarning muhokamasi masalalari ko’rib chiqiladi.
Kafedra hayotida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan voqea Toshkent Moliya instituti va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti hamkorligida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya etish maqsadida “Mintaqaviy iqtisod” yo’nalishida ixtisoslashgan Ilmiy Kengashning ochilishi bo’lib, bu nufuzli Ilmiy-Kengashda kafedra professor-o’qituvchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.
2011yil dekabr oyida o’qituvchi Rafiev A.A. nomzodlik dissertatsiyasini Ilmiy Kengashda muvofaqqiyatli himoya qildi. Kafedra a’zolaridan I.Abdulqosimov, S.Qoraev va X.Allaberganov nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy. Metrining “Minor” bekati.
Tel: (99871) 2351321
E-mail: abdalovazt@tfi.uz |