Sharifkhodjaeva Komila Ulfatovna
Iqtisod fanlari nomzodi
1982 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.
2000-2004 yillarda Toshkent Moliya institutining “Investisiya loyihalarini moliyalashtirish” bakalavriat yo’nalishini, 2004-2006 yillarda Toshkent Moliya instituti magistratura bo’limi “Loyihalarini moliyalashtirish” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2006 yildan “Loyihalarini moliyalashtirish” kafedrasiga assistent lavozimida, 2009 yildan shu kafedraning katta o'qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2010 yilda "Risklarni kichik biznes korxonalari foydasiga ta'sirini baholash va kamaytirish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2010 yil oktyabr oyida Germaniyaning Regensburg universitetida malaka oshirgan. 2011 yil 4 oktyabrdan shu kunga qadar “Moliya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta uslubiy qo’llanma, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Kafedra tarixi
“Moliya” kafedrasi institutning dastlabki kafedralaridan biri bo’lib, u 1933 yilda tashkil topgan. 1941 yilda kafedra mudiri qilib professor A.Shmidt tayinlangan va uning rahbarligida 1943 yilda aspirantura tashkil qilingan. Prof. A.Shmidtdan keyin kafedraga prof. I.Tog’aev, keyin M. Qoriev mudirlik qildilar. 1959 yildan 1989 yillarda kafedraga prof. X.Sobirov boshchilik qildi. 1989-2007 yilarda kafedraga prof. Q.Yaxyaev, dots. S.Nuriddinov, dots. Z.Srojiddinova, dots. N.Jumaev, dots. H.Jamolov, prof. N.Xaydarov, dots. G’.Yaxshiboev, dots. K.Karimova, dots U.Burxanovlar mudirlik qildilar. Mazkur yillarda kafedra tomonidan moliya, soliq va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda 50 dan ortiq professor-o’qituvchi faoliyat yuritdi.
O’quv-uslubiy ishlar
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat:
- Moliya;
- Moliya resurslarini boshqarish;
- Xalqaro moliya munosabatlari;
- Korporativ moliya;
- Moliyaviy nazorat.
Magistratura:
- Davlat moliyasini boshqarish;
- Davlat qarzlarini boshqarish;
- Byudjet-soliq siyosati;
- Mahalliy moliya;
- Xalqaro moliya;
- Davlat xaridi;
- Boshqaruv moliyasi;
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi.
- Korporativ moliya;
- Halqaro moliya institutlari
Kafedraning innovatsion faoliyati
Bakalavriatning “Moliya” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar 3-kurs o’taydilar. Amaliyot O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida, Moliya vazirligi G’aznachiligi va ularning hududiy Boshqarma va bo’limlarida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Yo’l jamg’armasida o’tkazilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi asosan “Globallashuv sharoitida davlat moliya tizimini takomillashtirish” bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, aspirantlar va tadqiqotchilar jalb etilgan. Aspirant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi.
O’tgan o’quv yillari davomida kafedra professor-o’qituvchilardan K.Karimova, O.Kamolov, A.Shernayev, A,Xayriddinov, Sh.Jalilovlar nomzodlik dissertatsiyalarini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedra a’zolaridan D.Vahobov, J.Ataniyozovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.
Kafedra professor-o’qituvchilaridan A.Vahobov, N.Haydarov va G’.Yaxshiboevlar OT-F-7 — “Globallashuv sharoitida davlatning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi grant bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar.
 
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.
Tel: (99871) 2340479
E-mail: depfinance@tfi.uz |