Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Kasbiy ta’lim
Kasbiy ta’lim

To’laboev Mardon Toshpulatovich

Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent

M.To’laboev 1957 yilda tavallud topgan. 1975-1980 yillarda Moskva davlat pedagogika universiteti talabasi, 1981-1987 yillar Jizzax davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi, 1987-1990 yillar Moskva pedagogika fanlari akademiyasining “Xalq ta’limi iqtisodiyoti va uni boshqarish” instituti aspiranti, 1990-1993 yillar Jizzax davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi, 1993-1996 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 1996-2007 yillar Toshkent yuridik kolleji “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i, “Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati” fakulteti dekani, 2007-2008 yy.-Toshkent moliya instituti “Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2009-2011 yillar Toshkent moliya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 2011 yil 1 martdan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va 2 ta ilmiy-uslubiy qo’llanma muallifi.

Kafedra tarixi

“Kasb ta’limi” kafedrasi Institut Ilmiy Kengashining 2009 yil 30 maydagi qaroriga muvofiq “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra tarkibida 6 ta profesor-o’qituvchi asosiy shtatda, 7 ta profesor-o’qituvchi yarim shtat birligida ish olib bormoqda. Kafedrada 2 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

O’quv-uslubiy ishlar

Kafedrada o’quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Kafedra tashkil etilganidan buyon professor-o’qituvchilar tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan 3 ta darslik, 3 ta o’quv-uslubiy qo’llanma chop ettirilgan.

 Bular:

  1. Omonov H. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. — T.: Iqtisod — moliya, 2009. — 240 b.
  2. Tojiboeva D. va boshqalar. Maxsus fanlarni o’qitish metidikasi. Darslik. — T.: Aloqachi, 2009 — 481 b.
  3. Xasanov S. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.: — Iqtisod-moliya, 2009. -615 b. (Kirill yozuvida)
  4. Tojiboeva D., Avalova G. Iqtisodiy pedagogika. O’quv qo’llanma. T.: — Iqtisod — moliya, 2009. –192 b.
  5. Xasanov S. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.: — Iqtisod-moliya, 2010. -615 b. (lotin yozuvida)
  6. 6. Omonov H. va boshqalar. Kimyo o’qitish metodikasi. Darslik. T.: — Fan va texnologiyalar, 2011. — 461 b.

Kafedra profesor-o’qituvchilari tomonidan 7 ta fan o’qitiladi.

Bakalavriatda:

  1. Kasbiy pedagogika;
  2. Kasbiy psixologiya;
  3. Ta’lim texnologiyalari;
  4. Pedagogika.Psixologiya;
  5. Kasb ta’limi metodikasi;
  6. Ta’limda axborot texnologiyalari.

Magistratura mutaxassislikalarida:

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Ilmiy — tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o’qituvchilaridan 2 nafari doktorlik, 2 nafari nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar . 2011 yil fevral oyidan institut Ilmiy Kengashining qaroriga muvofiq kafedra qoshida “Psixologik xizmat ko’rsatish markazi” tashkil etilgan va ushbu markaz faoliyati kafedra o’qituvchilari tomonidan muvafaqqiyatli olib borilmoqda.

Kafedra “Kasb ta’limini takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslari” mavzusidagi istiqbolli ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kafedraning innovatsion faoliyati

Bugungi kunda kafedra professori H.T.Omonov va dotsent M.T.To’laboevlar tomonidan 2 ta innovatsion loyiha tayyorlangan va grant tanlovga taqdim etilgan.

Asosiy maqsad iqtisodchi — pedagoglarni tayyorlashda yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalarini samarali qo’llash, bo’lg’usi iqtisodchi— pedagoglarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, pedagogik mahoratni, bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va ta’lim jarayonini modernizatsiyalash xisoblanadi.

Kafedra “Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit)” yo’nalishi bo’yicha 2009 yildan boshlab kadrlar tayyorlamoqda. 2010 yildan boshlab “Kasb ta’limi (Moliya)” hamda “Kasb ta’limi (Bank ishi)” yo’nalishlari bo’yicha ham kadrlar tayyorlamoqda.
 

Kafedra bugungi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan 51 ta kollej bilan hamkorlik shartnomasi tuzgan va ushbu shartnomaga binoan faoliyat olib borilmoqda. Korporativ xamkorlik yo’nalishi bo’yicha Toshkent shaxrida joylashgan iqtisodiy yo’nalishdagi kollej raxbarlari maxsus kurslarni o’qitishda, bitiruv malakaviy amaliyotni o’tashda, bitiruv malakaviy ishlarni yozishda bitiruvchi talabalarga raxbarlik qilishadi.


 

Kafedra tomonidan “511 1000 — Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit, Moliya, Bank ishi, Sug’urta ishi)” bakalavriat talim yo’nalishlari uchun yangi klassifikatorga asoslangan Davlat ta’lim standartlari yaratilgan va shunga mos ravishda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida o’qitiladigan barcha fanlari uchun namunaviy va ishchi o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy majmualar va ta’lim texnologiyalari yaratilgan xamda amaliyotga joriy qilinmoqda.

 Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Kichik xalqa ko’chasi 7 uy

Tel: (99871) 2346639

E-mail: tolaboyevmt@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.