|
Bolibekov Baxtiyor Ochilovich
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
1965 yilda Samarkand viloyatida tavallud topgan. Bolibekov Baxtiyor o’rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. Toshkent Xalq Xo’jaligi institutini 1991 yilda tamomlagan. Toshkent Moliya institutining hisob bo’limida 1991-1996 yillarda hisobchi, “Reja Moliya” bo’limida 1996-2002 yillarda bo’lim boshligi, 2002-2010 yillarda «Monitoring va ichki nazorat» bo’limi boshligi, 2010 yildan hozirgacha “Buxgalteriya hisobi”kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tarixi
Kafedra institutning mutaxassis tayyorlovchi ixtisoslik kafedrasi bo'lib, 5340900-buxgalteriya hisobi va audit bo'yicha respublikada bazaviy kafedra hisoblanadi.
U boy tarixga ega. 1931 yil Toshkent Moliya Instituti tashkil bo'lishi bilan paydo bo'lgan. SHu davr mobaynida kafedraga Kartamishev A.S. (1966 yilgacha), SHilov I.A. (1966-1967), Qodirxonov S.B. (1969-1975), Ablyatipov S.X. (1975-1983), Itkin YU.M. (1983-1990), Xolmatov O.X. (1991 yil), To'laxo'jaeva M.M. (1992-1993 yil), Xasanov B.A. (1993-2005) rahbarlik qilganlar. 2005-2009 yil Hamdamov B.K., 2009 Karimov A.A., 2010 yildan hozirgacha kafedrani institutning dotsenti Bolibekov B.O. boshqarib kelmoqda.
Kafedra mustaqillik yillarida 1991 yil 13 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 3 iyundagi 154-sonli qaroriga binoan Toshkent moliya instituti tashkil etilgan davrdan boshlab o'zining faoliyatini yanada kuchaytirdi. Xorijiy davlatlar oliy o'quv yurtlaridan Nyu-Paltz (AQSH), Nottingem trent, Redding Universitetlari (Buyuk Britaniya), Tokio, Reytaku Universitetlari (Yaponiya), Malayziya Universiteti, M.L.Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti, Rossiya Moliya Akademiyasi, Germaniyaning Gannover Universitetlari bilan yaqindan xamkorlik aloqalari o'rnatilgan.
O’quv-uslubiy ishlar
Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
- Buxgalteriya hisobi nazariyasi;
- Moliyaviy hisob;
- Moliyaviy va boshqaruv hisobi;
- Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari;
- Boshqaruv hisobi;
- Buxgalteriya hisobining milliy standartlari;
- Soliq hisobi va hisoboti.
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:
- Amaliymoliyaviy hisob;
- Amaliy boshqaruv hisobi;
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari hisobi;
- Soliq hisobi va hisoboti;
- Moliyaviy hisobot;
- Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi;
- Buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
Kafedraning innovatsion faoliyati
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasida ta'lim jarayoni davomida hozirgi zamon multimedia jihozlaridan keng foydalaniladi. Shuningdek, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda ko'rgazmali qurollar qo'llaniladi.
Kafedrada talabalar o‘rtasida “Fan bo‘yicha olimpiada”si va “Buxgalteriya hisobini kim yaxshi biladi?” viktorinasi muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
2011 yil 11 oktyabrda Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Soliq akademiyasi bilan hamkorlikda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda respublikamizning va ayrim xorijiy davlatlarning turli iqtisod yo‘nalishida, jumladan,buxgalter kadrlarinitayyorlovchi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, olimlari, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar,shu sohalarning amaliyotchilari, Toshkent moliya instituti bakalavriat va magistratura bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalari, xorijiy kompaniyalarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Kafedrada talabalar o‘rtasida “Fan bo‘yicha olimpiada”si va “Buxgalteriya hisobini kim yaxshi biladi?” viktorinasi muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.

Bo'glanish uchun ma`lumot:
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur 60 A
Telefon: (99871) 2353746
E-mail: aecounting@tfi.uz |