Asosiy saxifa | Sayt xaritasi | Forum
YangiliklarMa'lumotlarStrukturaO'quv jarayoniNashrlarTMI QoshidaDavlat dasturlariFotogalereyaEDUZIYONETVAKGOVTMI Pochtasi
Struktura > Kafedralar > Iqtisodiy nazariya
Iqtisodiy nazariya

Jo’raev Toshbolta To’xtaevich

Iqtisod fanlari doktori

1956 yil Jizzax viloyatida tavallud topgan

1972-1977 yillarda Toshkent xalq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligini rejalashtirish mutaxassisligini tugatgan. 1977-1980 yillarda Jizzax viloyati Baxmal tumani XRSO-9da material bo’lim hisobchisi 1980-1981 yillarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani “Michurin” nomli davlat xo’jaligida ishlab chiqarish bo’limi hisobchisi1981-1983 yillarda Jizzax viloyati Baxmal tumanii “Belorussiya” davlat xo’jaligida bosh iqtisodchi 1983-1986 yillarda Toshkent Xalq Xo’jalik institutining Jizzax filialida assistent. 1983-1987 yillarda Toshkent Xalq Xo’jaligi Institutining «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» kafedrasi assistenti 1987-1989 yillarda Toshkent Xalq Xo’jaligi Instituti «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» kafedrasi aspiranti 1989-1991 yillarda Toshkent Xalq Xo’jaligi Institutining «Siyosiy iqtisod» kafedrasi assistenti1992-1994 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti «Siyosiy iqtisod» kafedrasi dotsenti 1994-1996 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi doktoranti 1996-2000 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi dotsenti 2007 yil 4 dekabrda "Iqtisodiy resurslar doiraviy aylanish jarayonining nazariy asoslari va samaradorligini oshirish omillari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan.2000 yil 2 sentyabrdan shu kunga qadar «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

20 ta o’quv qullanma, 50 ta uslubiy qullanma, 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Kafedra tarixi

“Iqtisodiyot nazariya” kafedrasi 1968 yilda Toshkent Xalq xo’jaligi instituti tarkibida “Siyosiy iqtisod” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1968-1976 yillar davomida kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor N.J.Jabborov, 1976-1991 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor A.O’.O’lmasov. keyinchalik “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi institutning dastlabki kafedralaridan biri bo’lib 1991-1996 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, professor E.Egamov, 1996-2000 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor T.T.Jumaqulov mudirlik qilganlar.


O’quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:


Bakalavriat

  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Ijtimoiy soha
  • Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi
  • Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar

Magistratura

  • Makroiqtisodiy siyosat
  • Iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”
  • Real sektor iqtisodiyoti va uni prgnozlash
  • Xalqaro savdo
  • Agrar sektor iqtisodiyoti
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarish
  • Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash
  • Tashqi iqtisodiy bitimlar
  • Iqtisodiyotning moliyaviy sektori va uni prognozlash
  • Investitsion jarayonlar va ularni boshqarish
  • Demografiya

Kafedraning innovattsion faoliyati

Magistraturaning “Iqtisodiyot”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan magistralar amaliyotlarini Toshkent Bank kollejida, Toshkent Hisob kredit kollejida, Xamza Axborot texnologiyalar kollejida utkazmoqdalar.

Ilmiy tadqiqot ishlari:

Kafedraning ilmiy tadqiqot yunalishi asosan “O’zbekiston iqtisodiyotini innovattsion rivojlantirish: muammolari, tamoyillari va istiqbollari” bo’lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar jalb etilgan. Stajyor izlanuvchi tadqiqotchilarning va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy ishlari mavzulari institut Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalarga muvofiq ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi.

O’tgan o’quv yillari davomida kafedra professor-o’qituvchilaridan U.Zaynitddinova, T.Umarovlar nomzodlik dissertatsiyalarini ixtisoslashtirilgan Ilmiy Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedra a’zolaridan D.Djumanov, Ya. Mustafaqqulov, D. Xusanovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida.

Kafedra professor-o’qituvchilaridan Sh.Allayarov, X.Asatullaev, U.Zayniddinova, D.Djumanov, D.Xusanov, Ya. Mustafaqulov, Z.Allaberganov, D.Bababekova, Sh.Shodmonovlar OT-F-127-“Iqtisodiy oqimlar doiraviy aylanish jarayoning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdagi roli: nazariy qarashdar va zamonaviy talqinlar”, OT-F-129-“Raqobat muhitini ta’minlash va jadallashgan amortizatsiya sharoitida mehnatga haq to’lashning nazariy muammolari” mavzusidagi grant bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar

Bog’lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, A.Temur shoh ko’chasi 60a uy. Metroning “Minor” bekati.

Tel: (99871)2351772

E-mail: depeconom@tfi.uz

© 1999-2012. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar Uzbekiston va xalqaro qonunchiligida mualliflik xuquqlar asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi. Toshkent Moliya Instituti. AT Markazi.