Nosirov Egamqul Ismoilovich
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Kafedra mudiri E.Nosirov 1974 yil 25 aprelda tug`ilgan. 1996 yilda Toshkent Moliya institutining "Moliya va kredit" mutaxassisligini tamomlagan. 2006 yilda "Qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari rolini oshirish masalalari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 08.00.07— "Moliya, pul muomalasi va kredit" ihtisosligi bo`yicha himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy, uslubiy va o`quv qo`llanmalarning muallifi.
Kafedra tarixi
"Loyihalarni moliyalashtirish" kafedrasi Toshkent Moliya institutining yetakchi va shu bilan birgalikda yosh kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra "Investitsiya va qimmatli qog’ozlar" kafedrasi negizida shakllanib, u 1998 yilning 2 sentyabridan "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish" kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedraning tashkil etilishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 1998 yil fevral oyida "Bank-moliya tizimini isloh qilish" bo’yicha bo’lib o’tgan majlisi asos bo’lib, unda Prezident I.Karimov tomonidan iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari bilan ishlash borasida loyihalarini moliyalashtirish yo’nalishsi bo’yiha mutaxassislar yetishmasligi muammosi ko’tarilgan edi. Ushbu yig’ilishda mazkur muammoni hal qilish yuzasidan Prezident I.Karimov tashabbusi asosida Toshkent Moliya institutiga "Loyihalarni moliyalashtirish" yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayorlash vazifasi yuklatildi. Mazkur vazifani bajarish maqsadida 1998-1999 o’quv yilida Toshkent Moliya institutida "Loyihalarni moliyalashtirish" yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash yuzasidan "Loyihalarini moliyalashtirish" kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mustaqillik yillarida O’zbekistonda "Loyihalarni moliyalashtirish" yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayorlaydigan ilk kafedralardan biri hisoblanadi.

Kafedraga:
- 1998-1999 yillarda prof. D.G’ozibekov;
- 1999-2000 yillarda dots. N.Karimov;
- 2000-2002 yillarda dots. M.Sultanov;
- 2002-2003 yillarda dots. A.Jo’raev;
- 2003-2006 yillarda dots. B.G’anixo’jaev;
- 2006 yildan hozirgi kunga qadar i.f.n. E.Nosirov rahbarlik qilib kelmoqda.
O’quv jarayoni
Kafedrada ta`lim jarayoni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etilib, bakalavriat ta`lim yo’nalishlarida 7 ta, magistratura mutaxassisliklarida esa, 7 ta fanlar bo’yicha darslar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilaridan Sh.Axmadjonov AQShning Texas A&M Universitetida "Biznes moliyasi" dasturi bo’yicha; D.G’ozibekov, R.Saidov, D.Xo’jamqulov va D.Shodievalar Toshkent Davlat Texnika universiteti qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat" kursida malaka oshirib, ta’lim jarayonida innovatsion va yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanmoqdar.
"Investitsiyalarni moliyalashtirish" bakalavriat ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar 3-kurs yakunlari bo’yicha malakaviy, 4-kursda esa, bitiruvoldi amaliyotini o’taydilar. Amaliyot O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari, lizing va investitsion kompaniyalarida o’tkazilmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq kafedrada quyidagi fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib boriladi. Xususan,
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida:
- "Investitsiyalar";
- "Investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash";
- "Investitsion loyihalash";
- "Investitsiya risklarini boshqarish";
- "Investitsion loyihalarni moliyalashtirish";
- "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish";
- "Xorijiy investitsiyalar".
Magistratura mutaxasisliklarida:
- "Investitsion siyosat";
- "Qurilish iqtisodiyoti";
- "Investitsion tahlil";
- "Investitsiya faoliyatida lizing";
- "Investitsiya loyihalari kompleks ekspertizasi";
- "Investitsiya loyihalari monitoringi";
- "Loyihaviy moliyalashtirish".
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishi "O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va uni jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvining nazariy, amaliy va metodologik muammolari"ga qaratilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishiga professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o’ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda va ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan respublikaning iqtisodiy yo’nalishdagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishgan.
Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra umumiy yig’ilishida muhokama etiladi. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari bilan qamrab olish darajasi 90 foizni tashkil etadi. 2010/11 o’quv yilda kafedra professor-o’qituvchilardan B.Mamatov, K.Sharifxodjaeva va L.Zoyirovlar O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi qoshida tashkil etilgan Birlashgan ixtisoslashgan kengashda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi va Oliy Attestatsiya Komissiyasining iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo’ldilar.
Kafedra professor-o’qituvchilaridan R.Saidov va M.Raimjonovalar nomzodlik dissertatsiya ishlarini kafedra muhokamasidan o’tkazib, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi qoshida tashkil etilgan Birlashgan ixtisoslashgan kengashga topshirdilar.
Kafedra nashrlari
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi o’quv va uslubiy qo’llanmalar chop etilgan:
1. Ангелиди М.С., Каримов Н.Г. "Анализ инвестиционних проектов". Учебное пособие. Ташкент, ТФИ., 2000.
2. Успенская С. Проектное финансирование. Учебное пособие. — Ташкент, ТГТУ, 2002.
3. Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. "Лизинг и его развития в Узбекистане". Монография. Тошкент, изд. "Молия". 2003.
4. G’ozibekov D.G’. "Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari". Monografiya. Toshkent, 2003., "Moliya" nashriyoti.
5. Jo’rayev A.S., Xo’jamqulov D.Yu., Mamatov B.S. "Investitsiya loyihalari tahlili". O’quv qo’llanma. Toshkent, "Sharq" nashriyoti, 2003.
6. G’ozibekov D.G’, Sobirov O.Sh., Quljonov O. "Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti". O’quv qo’llanma. Toshkent, "Moliya" nashriyoti, 2005.
7. Angelidi M., Karimov N. "Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish tizimida sindikat asosida kreditlash". (Savol-javoblar) O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent, TMI. 2005.
8. Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultanov M. "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi". O’quv qo’llanma. Toshkent, "Iqtisod-moliya", TMI. 2006.
9. Nosirov E., Mamatov B., Xo’jamqulov D., Sharifxo’jaeva K. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish". O’quv qo’llanma. Toshkent, TMI, 2007.
10. G’ozibekov D.G’., Nosirov E.I. "O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilish". Risola. Toshkent, "Iqtisod-moliya", TMI, 2007.
11. Uzoqov A., Kenjaev I. "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish". O’quv qo’llanma. Toshkent, TMI, 2007.
12. Ergasheva Sh., Uzoqov A. "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish". O’quv qo’llanma. Toshkent, Iqtisod-Moliya, 2008.
13. Nosirov E., Mamatov B., Shoislomova N., Sharifxo’jaeva K. "Investitsiya risklarini boshqarish". O’quv qo’llanma. Toshkent, Fan va texnologiyalar. 2011.
Bog'lanish uchun ma'lumotlar:
Manzil: 100000, Yunusobod tumani, Niyozbek kuchasi 6 uy
Telefon: (99871) 2340198
E-mail: deplm@tfi.uz |